Sizni sevib balolarga qolgan boshim.
Xayr desam demang meni bag'ritoshim,
Sevgan bilan vaslingizga yetolmayman
Xayr deb ham sizni tashlab ketolmayman.
Orzulari osmonlarga shaylangan yor,
Muhabbati armonlarga aylangan yor.
Mittigina yuragimga joylanga yor
Sevgan bilan vaslingizga yetolmayman
Xayr deb ham sizni tashlab ketolmayman.
Xayolimda baxt quyoshim mangu botar,
Sizni öylab ming azobda tonglar otar.
Yuragimda orzularim qat qat yotar
Sevgan bilan vaslingizga yetolmayman
Xayr deb ham sizni tashlab ketolmayman.
Oxlar cheksam oxlarimdan qular falak,
Sizni deydi özgasiga könmas yurak.
Taqdir ekan taqdirga tan bermoq kerak
Sarob bölgan orzularga yetolmaymiz
Xayr deb ham ikki tomon ketolmaymiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 2
http://www.voybu.net/photo/har_xil_rasmlar/qizlarning_rasmlari/8