Kun lovullab yonmoqda. Mening yuragim ham xuddi quyosh kabi butun tanamni kuydirmoqda. Uni ovutishga qancha urinmay, so'zimga quloq solmaydi.
Tun. Shaharda goh-gohida mashinalarni ovozi eshitilmasa, jimjitlik. Yuragim yana ko'ksimni yorib chiqquday uradi.
Yuragim, ayt, sen nimadan bezovtasan, nimadan bunchalar xijilsan? Atrof qop-qorong'i. Odamlar rohatbaxsh uyquda. Faqat man yuragimni tinchlantira olmayman. Uni tonggacha ovutdim, ammo yig'lashdan to'xtamaydi...
Subhidam. Hali-zamon bezovta yurak. Ayt, seni nima qilay? Axir man bu dunyoda san bilan hayotman.
Agar mani tark etsang, yashashimda ne ma'no?
Yuragim, yomon kimsalar so'zlaridan yiroq yur, ularga e'tibor berma. Ikkalamiz bir bo'lib orzularimiz maskaniga yetamiz, manzil esa yaqin. Kurashdan tolmay, taslim bo'lmasdan armonlar ildiziga bolta urishimiz lozim. Ana o'shanda bizdan baxtiyor odam topilmaydi bu yorug' olamda. Buning uchun esa ikkimiz birdek kurashishimiz darkor.
Tong. Yuragim orzular og'ushida yostiqqa bosh qo'ydi...
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 46
__Sochlarım tarab man tomonGa qaraaaaab
__Ötmısh qaytmaydı
Yara bıtmaydı
__Garchı OğrıqlarLar bıtmaGunıcha Qıynab.....
esımda borıcha yozıb qoyodımeee
Korolmadız wunıyam
ana Asılzoda
kotta maderka u ıshlab tashlaydı