Mening tug‘ishgandek qadrdon do‘stim bor edi. O‘tgan xafta baxtsiz hodisa – avtohalokatda to‘satdan vafot etdi. Alloh gunohlarini kechirsin, rahmatiga olsin! Lekin uning bir
muammosi hal bo‘lmay qolib ketdi. Do‘stim internetni yaxshi bilardi.
Behayo sahifalarni topib, behayo suratlarni yig‘ishni yaxshi ko‘rardi.
Hatto o‘ziga veb-sayt ochib, unga o‘sha suratlarni joylashtirgandi. Buni qarangki, u boshqa o‘ziga o‘xshaganlarga beminnat xizmat
ham tashkil qilgan ekan. Uning veb-manzili boshqa bir qator veb-manzillarga a'zo ekan. O‘sha manzillar yangi–yangi suratlarni
unga davomli jo‘natishar ekan. Do‘stimning manzili esa avtomatik ravishda u suratlarni o‘z manzili a'zolariga jo‘natadi. Qarabsizki son–sanoqsiz beminnat gunohlar oshnam huzuriga yo‘l olmoqda. Qachondeysizmi? O‘LIMIDAN KEYIN! Aksiga olib manzilning sirli kalitini (parolni) hech kim bilmaydi. Janoza boshlanishini kutib o‘tirarkanman
shularni o‘ylardim. Tobutni ko‘tarib borarkanman o‘zimdan so‘rardim: - Qabrga nima olib ketyabdi? Behayo suratlarnimi? Qabri tepasiga ham yetib keldik. Ba'zilar uni qabrga tushirayotganda, tuproq tortayotganda ko‘z yosh to‘kishdi. – Ko‘z yoshdan nima foyda? Unga nima qilib bera olasizlar? Tirikligida qayda edinglar? Uni to‘g‘ri yo‘lga chaqirganmisizlar!? – dea o‘ylardim. Nasihat qilganlardan biri men edim. Qachon shu mavzuni ochsam: - Qo‘y oshna, bu shunchaki bir sho‘xlik. Bilasanku - yoshmiz. Yoshlik esa – sho‘xlik. Bir necha yilda buning hammasi unutiladi. Xozir boshqa
mavzularda gaplashaylik derdi.
Vafotidan bir ikki kun o‘tib onasi telefon qilib qoldi. – Bolam! Do‘stingdan xavotirdaman. G‘alati tushlar ko‘ryapman. Bugun tushimda..
uning qabriga yosh-yosh yigitchalar ketma–ket kelib uning qabriga siyishyapti. Qo‘rqib uyg‘onib ketdim. Ta'biri nima ekana bilmaysanmi bolam? – Xavotir olmang onajon,
yaxshilikdir, men ta'bir bilmayman, birortasidan so‘rab berarman. Siz xotirjam bo‘ling! Bechora onani
tinchlantiramanu ichimni tilinadi. Nima, bilmaymanmi!? Tush ta'biri aniq. Bu o‘sha mash'um manzildan surat kelgan yoshlar gunoh qilishyapti. Ularning ketma-ket kelishi esa bir-biriga jo‘natganidan.
Unga yana yaxshilik qilish maqsadida veb-:manzilni ijaraga bergan tashkilotga bog‘landim. Ular ma'lumotlarni olib,
do‘stimning saytiga yana uch yillik
ijara to‘langanini, agar manzilning sirli kaliti bo‘lmasa hech narsa qilolmasliklarini, ijara muddatini tugashi bilan manzil o‘z–o‘zidan
bekor bo‘lishini aytishdi. – Tushunsanglarchi axir, egasi o‘lgan. U yo‘q! Biz boshqa yordam bera olmaymiz! Yana uch yil!! Bunisiga nima deysiz!? Yomonlik kaliti bo‘lmasachi, nima qilasan boshqalarga ham tarqatib! Mana endi nima qiladi?! Har kuni yangi va yangi gunohlar..manzili a'zolaridan, yana o‘sha a'zolar boshqa tanishlariga..
ular ham vahokozo.. uzundan-uzoq zanjirlar.Bu zanjirlarga ilingan gunohlar. Mushfiq Payg‘ambarimiz
Muhammad sollallohu alayhi va sallam ogohlantirishlariga quloq
solmaslikning jazosi bu: "Kimki bir yomonlikka chaqirsa, u odamga o‘sha yomonlikka ergashgan har bir kishining yomonligidan to‘la bir ulush borib turadi. Avvalgilarning
ulushidan keyingilarga berilgani sababli kamaytirilmaydi"!
Do‘stim o‘ldi. Lekin qiyomat kunida veb- manzilidan tarqalgan suratlarga tushgan xar bir nazarga, sabab bo‘lgan xar bir buzuqlikka, xar bir
tarqatishga javob beradi. Ehe, bu zanjir qachongacha davom etar ekan? Alloh o‘zi kechirsin! (Muallifdan Alloh rozi bo‘lsin)
Bu voqeani har birimiz chuqur tahlil qilib, o‘zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqarishimiz zarur.
Ko‘zlarimizni kattaroq ochishimiz kerak. Blutuz,SMS,WhatsApp,Telegram orqali otayotgan suratu videolar, saytlarga
yozilayotgan behayo hikoyalar zalolat zanjirirni tugdiradi. Bilib-bilmay qilingan gunohlarimizni
Yaratguvchi avf etishini tinmay so‘raylik... Imkon bo‘lsa yuqoridagi voqeani bir-birimizga tarqatishimiz kerak. Boshqalar adashmasligi uchun. Kimdir to‘g‘ri xulosa qilib, yomon odatlarni tashlasa bizlarga ham savobi tegadi Insholloh.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1