Axvolingiz yaxshimi?
Qiz: Vo alaykum assalom, rahmat yaxshi o'zingiz yaxshimisiz?
Yigit: Rahmat yaxshi..
Ikki kundan keyin:
Yigit: Salom yaxshimisiz? Axvolingiz yaxshimi?
Qiz: Assalomu alaykum, yaxshi rahmat! O'zingiz yaxshimisiz aka?
Yigit: Vo alaykum assalom, rahmat yaxshi! Lekin man sizdan kichik bo'lsam kerak?!
Qiz: Yo'g'ee yoshingiz nechchida?
Yigit: 18 yoshdaman. Sizchi?
Qiz: Unda mandan katta ekansiz. Man 1999 yilman..
Yigit: Xa unda yaxshiku.. lekin qaydlaringizni o'qib chiqqanimda mandan katta bo'lsa kerak deb o'ylagandim.. o'zingiz yosh bo'lsangiz ham dunyo qarashingiz keng ekan..!
Qiz: Xa endi zerikkandan yozib o'tiramanda..
Yigit: Xa yaxshi..
Ertasi kuni:
Yigit: Salom yaxshimisiz? Axvolingiz yaxshimi?
Qiz: Assalomu alaykum, yaxshi rahmat! O'zingiz tuzikmisiz aka?
Yigit: Vo alaykum assalom, rahmat yaxshiman...
Qiz: Yaxshi bo'ling har doim..
Yigit: Rahmat.. zerikish yo'qmi?
Qiz: Yo'q hozircha.. o'zizdachi?
Yigit: Menda ham yo'q. Nima qiliyabsiz?
Qiz: Xech narsa bekorman. O'zizchi?
Yigit: Men ham bekor.. mana ancha vaqt bo'ldi ismizni haligacha bilmayman. Ismiz nima?
Qiz: Ismim Malika.
Yigit: Mani ismim Sherali. Tanishganimdan juda ham hursandman..
Qiz: Man ham tanishganimdan hursandman aka.
Shu tariqa kunlar o'tdi har kuni salomlashuv hol axvol so'rashdan nariga o'tmasdilar. Bir kuni yigitga sms keldi:
Qiz: Assalomu alaykum aka yaxshimisiz? Axvolingiz yaxshimi? Man bir muddat netga kirolmasam kerak o'zingizni asrang!
Yigit: Vo alaykum assalom, rahmat yaxshiman mayli ho'p siz ham o'zizni extiyot qiling intizorlik bilan kutaman.
Oradan bir hafta vaqt o'tdi yigit o'zini yolg'iz his qila boshladi do'stlar bilan muloqat qildi ko'chaga chiqib aylanib kunni o'tkazardi lekin juda ham zerikarli edi. Oradan 10 kun vaqt o'tdi yigitni kayfiyati umuman yo'qoldi. U qizni sevib qolgandi tunlari uyqusi qochdi bir tuyg'u yigitni yuragini ezardi. 15 kun vaqt o'tdi kayfiyat esa 0 ga tushgandi. Umuman yolg'iz qolgisi keldi druzyasidagi do'stlarni birin ketin kechirim so'rab o'chirib chiqdi faqatgina bir qiz qoldi. Ha-a taxmin qilganingizdek o'sha qiz qoldi. Yigit har kuni uni profiliga 10 - 20 martalab gosti kirardi chidolmadi unga sms yozdi.
Yigit: Assalomu alaykum yaxshimisiz? Axvolingiz yaxshimi? Iltimos tezroq qayting sog'indim.
Oradan bir necha kun vaqt o'tgach qizdan sms keldi.
Qiz: Assalomu alaykum, yaxshimisiz aka axvolingiz yaxshimi? Man keldim.
Yigit: Vo alaykum assalom, rahmat yaxshiman o'zingiz ham yaxshimisiz? Bormisiz?
Qiz: Rahmat yaxshiman. Xa borman..
Yigit: Xa qaytganizdan hursandman.
Qiz: Man ham siz bilan yana gaplashiyotganimdan hursandman.
Yigit: :)
Shu tariqa kunlar o'tdi oylar o'tdi yigit qizni sevsada aytmasdi. Chunki qo'rqardi no to'g'ri tushunadi deb o'ylardi. Vaqt o'tgan sari qizga bog'lanib borardi.
Yigit: Bir narsa so'rasam maylimi?
Qiz: Xa so'rang!
Yigit: Sevgan yigitiz bormi?
Qiz: Bor deyishni ham yo'q deyishni ham bilmayman.
Yigit: Nima uchun?
Qiz: Man uni sevaman lekin u menga be farq. Sizni sevganiz bormi?
Yigitni hayolidanu yuragidan o'chib ketgan xiyonatkor sevgani yodiga tushdi yigit bir oz o'ylandi va javob yozdi.
Yigit: Bor edi bir paytlar... hozir uni eslashimga ham vaqt yo'q.
Qiz: Xa tushundim. Tashlab ketganmi?
Yigit: Xiyonat qilgan. Keling boshqa mavzudan gaplashaylik..!
Qiz: Xo'p mayli..
Oradan bir hafta o'tdi. Yigit unga sevishini aytishga qaror qildi va qizga sms yozdi...
Yigit: Salom jinnivoy yaxshimisiz? (Xa aytgancha yigit qizni shunday chaqiradigan bo'ldi)
Qiz: Assalomu alaykum yaxshi o'ziz yaxshimisiz?
Yigit: Rahmat yaxshi.. sevib qoldim.
Qiz: Kimni? Man taniymanmi?
Yigit: Xa taniysiz besh qo'lizday bilasiz!
Qiz: Kim ekan? Man uni qanday taniyman ismi nima?
Yigit: Inson o'zini o'zi tanimasligi mumkinmi?
Qiz: Yo'q albatta.. kim ekan?
Yigit: So'rayotgan insonni o'zi..
Qiz: Xmm kim bo'lsa u inson.?
Yigit: Sizni sevib qoldim..
Qiz: Nima mani dedizmi? Nega axir..?
Yigit: Shunchaki sevib qoldim..
Qiz: Tentaksiz a?
Yigit: Tentak qigan sizku?!
Qiz: Xechamda man sizga tentak bo'ling demaganman..
Yigit: Xa demagansiz lekin yuragim tentak bo'lishimni hohladida.
Qiz: Tentakvoy..
Yigit: Jinnicha;-) Sani sevaman..
Shu tariqa ular bir birini sevib qolishdi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 7