Vohamiz o’zining g’aroyib tabiati va sir sinoatlari bilan insonlarni jalb qilib kelgan. Oldinlari Sherobod tumanida gapiruvchi qarg’a Goshani bilardim. Yaqinda esa shundoqqina yonimizda so’zlovchi mayna haqida eshitib qoldim. Bu haqida menga kursdoshim G’oib Saitov aytib qoldi. Uning uyida gapiruvchi maynasi bor bo’lib, uni yoshligidan ukasi parvarishlayotgani haqida so’zlab qoldi. Avvaliga ishonmadim. Keyin so’zlarini rostligini bilish uchun o’rtog’imning uyiga tashrif buyurdim. Borgach esa maynani ko’rib lol qoldim. Nega dersiz? G’oib uyiga kirishi bilan mayna unga qarab: “yaxshi keldingmi G’oibjon” desa bo’ladimi. Qiziqib bu qush haqida ko’proq ma’lumot olishga harakat qildim.
G’ayritabiiy maynaning ismi “Brazilya” bo’lib unga ismni xonadon a’zolari tanlashgan ekan. 2000 yilda Termez shaxrida tug’ilgan hozirda Termiz shahridagi 2-son akedemik litseyning 2 bosqich talabasi, oilaning kenja farzandi bo’lgan Saitov Dilmurod Ravshan o’g’li maynani 2014 yildan buyon parvarish qilayotgan ekan. Mayna bilan yaqindan tanishish maqsadida uning qanday so’zlarni bilishiga qiziqdim.
Tinmay so’zlaydigan Brazilyani savatchasi bilan ko’tarib,uning muxlisiga aylanib qoldim. Xatto u bilan esdalik suratlarga,shuningdek uni video tasmaga ham tushirdim. Mayna esa hali ham gapirishdan to’xtamas edi. Bilasizmi Brazilya hozirda ko’pgina so’zlarni yod olgan. O'zining biyron tilida Nargiza,boboyka,yaxshimisan,G’oibjon,Akbarchik,Ravshan so’zlarini ayta oladi.
Honadon vakillari maynani o’z oila a’zolari kabi yaxshi ko’rishi menda katta ta’surot uyg’otdi. Bizning tinchimagan maynamiz aqliga tasanno aytsangiz buladi. Negaki uni parvarishlaydigan Dilmurodni erkalab “Dimka” deb atarkan.
Mexr nainki insonlarga balki jonivorlarga ko’rsatilsa u bunga javoban mexr ko’rsatadi. Maynamiz ham ilk so’zlari “Brazilya” va xonadon sohibi Ravshan akaning ismini aytish bilan mexrini aks ettirgan. Eng qizig’i bu qush mushukning ovozini ham o’xshata oladi.Shuningdek ovozida musiqa ham chala oladi. Xullas bu qushchani ta’riflasam gap tugamas. Ming bor eshitgandan bir bor Ravshan aka xonadoniga yo’lingiz tushsa mayna BRAZILYAni ko’rish esdan chiqmasin.
Shaxzod Tursunov
TerDu 3-bosqich talabasi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев