Termiz tumanida joylashgan Janubiy operativ qoʻmondonligi tasarufidagi Termiz umumqoʻshin dala poligonida Surxondaryo viloyatidagi mahalliy davlat hokimiyati, hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi oʻquv yigʻini boshlandi.
Yigʻin ishtirokchilari qoʻshinlar kundalik faoliyati bilan tanishgan holda, mamlakat mudofaasini tashkillashtirish doirasida yuklatilgan vazifalar bajarilishining samaradorligini oshirish uchun bevosita harbiy xizmat muhitida boʻladilar.
Bugun yigʻinning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi – harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Ulugʻbek Qosimov ishtirok etib, ishtirokchilarga bir necha kun davom etadigan mashgʻulotlar mamlakat armiyasining qudrati bilan yaqindan tanishish uchun yaxshi imkoniyat ekanligini taʼkidladi hamda barchaga omad tiladi.
Yigʻin punktiga yetib kelgan shahar va tumanlar hokimlari hamda boshqa ishtirokchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va ularga harbiy kiyim-kechaklar topshirildi. Ishtirokchilar harbiy xizmatchilar uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, qurol aslahalar hamda zamonaviy harbiy texnikalar, shuningdek, harbiy xizmatchilarning madaniy hordiq chiqarish va sport inshootlari bilan tanishdilar.
Ishtirokchilar yigʻin davomida jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat boʻyicha tahliliy maʼlumotlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirishda harbiy-maʼmuriy sektorlarning faoliyati va roli bilan tanishishadi.
Yigʻin joriy yil 25 noyabr kuniga qadar davom etadi. https://t.me/Kenja_Botirjon
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев