Qalbingdagi hislarga tegin!
Bir martaga o'zingni sizla.
"Men ham sizni sog'indim" degin.
Dunyo dema, dunyo eski to'y.
Seningsiz ham ko'pdir unda o'y.
G'ururingni bir chekkaga qo'y.
"Men ham sizni sog'indim" degin.
O'zgalar deb o'zingdan kechma.
Bahonalar to'qima, bichma!
Baxtga qarshi og'uni ichma!
"Men ham sizni sog'indim" degin.
Xijron yomon, qiynog'i zo'r-a?
Oshiq dillar qayg'uga to'la.
Qalbim holin, qalbingdan so'ra.
"Men ham sizni sog'indim" degin.
Qara, ketding kimlar baxtiyor?.
Bayram qilib, kulmoqda ag'yor.
Sen ham mendek, intizor, abgor.
"Men ham sizni sog'indim" degin.
Sezdingmikan, vayronman holsiz.
Sen ham ojiz, mendayin yolg'iz.
Qalbimizda axir o'sha his.
"Men ham sizni sog'indim" degin.
Dil sanchig'i yurakka chiqmay.
Ko'ngil tanga nayzalar tiqmay.
Ojiz umrim tugamay, bitmay.
"Men ham sizni sog'indim" degin.
. . .
Haqiqatni o'zingdan izla.
Qalbingdagi hislarga tegin!
Bir martaga o'zingni sizla.
"Men ham sizni sog'indim" degin....
"Doimo Sog'inib Sog'intirib yashaylik"
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев