Hurmatli Xayrulla Boqijonovich! Juda ko'pchilik teletomoshabinlar talabi va iltimosiga ko'ra, bugun ushbuni ular nomidan sizga taqdim qilamiz. Bilasizmi, sizga alohida minnatdorlik bildiramiz. Nega, deysizmi? Buning sabablari anchagina. Xohlasangiz, erinmasangiz, ensa qotirmasangiz, birma-bir etkazamiz. 1. “Yoshlar” telekanali orqali necha oydan beri O'zbekiston xalqini o'ziga “rom” etib kelayotgan “Senga oshiqman” (xalq ichidagi nomi “Ishani”) teleseriali uchun sizga rahmat! Shu serial tufayli biz Hindiston qamoqxonalari qanday ekanligi haqida ma'lumotga ega bo'ldik. Dunyoda eng shinam va qulay qamoqxona Shveytsariyada emas, aynan hind zaminida ekanini bilib oldik. Chunki faqatgina shu erdagi mahbusxonalarga odamlar istagancha kirib-chiqishi, xohlagan odami bilan muloqotda bo'la olishi mumkin ekan. Biz bo'lsa, uni qudratli mamlakat deb, xomxayol bilan yashardik. Haqiqatni oshkor etganingiz uchun tashakkur! 2. Aynan shu serial orqali o'zbek xalqi yangicha udumlaru odatlarni o'rganishmoqda. Masalan, yangi kelinlarning erlariga nisbatan hiylalari, qiliqlari, nozlariyu makrlari, avval turmush qurib, keyin ajrashaman, deb, ajrashib ulgurmasidan boshqa oila qurish, qudalarning dahanaki janglari, dabdabali dabdala to'y marosimlari (o'zi shu odatlarni yo'qotish uchun ayovsiz kurash olib borilayotgan bo'lsa), yotoqxonadagi oilaviy ko'rib bo'lmas sahnalar va hokazoyu hokazolar... 3. Hurmatli Xayrulla Boqijonovich! Bemalol xursand bo'lavering. Niyatingizga asta-sekin etmoqdasiz! Mana, birinchi o'zbek farzandiga Ishani ismi qo'yildi, Qashqadaryoda. Kelajakda shu Ishani bolalariga Ishani kim, deb so'rasa, nima deb javob beradi? Javobni “Yoshlar” telekanali beradi, desa kerak-da, a? O'sha paytda ham takroran namoyish qilarsizlar balki. 4. Bemalol xursand bo'lavering. Yosh qizlar noma'qul odatlarni o'zlashtirish bilan birga qo'llariga tatiurovka chizib, o'sha sizlar “zamon qahramoni”ga aylantirgan Ishaniga taqlid qilib ulg'ayishmoqda. Sizga hech qanday adovatimiz yo'q, bu yozganimizdan uyalmaymiz. Aksincha, siz shunday serialni namoyish etayotganingizdan or qiling. O'zbek bo'lsangiz agar, farzandlaringiz “Yoshlar” telekanalini tomosha qilsa, siz nomus qiling! Boshqa gapimiz yo'q!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев