Yogʻni dogʻlab, piyoz
jazlaysiz, soʻng goʻshtni solib
qizarguncha qovurasiz, keyin
sabzini qoʻshib, bir-ikki
aralashtirasiz-da, suv quyib,
50 — 60 minut davomida
mildiratib qaynatasiz.
Pomidorlarning „Olma“,
„Sovgʻa“, „Volgagrad“ deb
ataluvchi navlaridan apelsin
kattaligidagi bir xil, ezilmagan,
biroq qip-qizil pishganlarini
tanlab olib yuvib yuborgach,
band tomonini kesib tashlab,
ehtiyotlik bilan oʻrtasidagi eti
va urugʻlarini olasiz. Hosil
boʻlgan pomidor
„kosachalarga“ tuz sepib,
laganga toʻntarib qoʻysangiz,
seli yaxshi oqib ketadi. Soʻngra
har bir pomidorning ichiga bir
donadan tuxum chaqib, picha
tuz va murch sepib qoʻyasiz.
Tayyor boʻlgan zirvakka
yuvilgan guruchni solib,
odatdagidek palov damlaysiz.
Damlash: oldidan guruch
yuzasini kapgir bilan tekislab,
qoshiq yordamida
chuqurchalar hosil qilasiz. Har
bir chuqurchaga bir donadan
ichiga tuxum chaqilgan
pomidorni joylaysiz, soʻngra
damtovoq oʻrniga togʻoracha
yopasiz, chunki pomidorlarning
shakli buzilmasligi kerak.
Olovini pastlatib, 25 — 30
minut dam yedirasiz. Shu
muddatda pomidor ichidagi
tuxum qotib pishadi. Tayyor
boʻlgach, pomidor
quymoqu1arni asta olib
qoʻyasiz-da, palovni
aralashtirib laganga suzasiz.
Yuziga har bir xoʻrandaga bir
dona pomidor quymoq
hisobida qoʻyib, dasturxonga
keltirasiz. Masalliq: 1 kg
guruch, 500 gr qoʻy goʻshti,
300 gr qoʻy yogʻi, 2— 3 bosh
piyoz, 500 gr sabzi, 6 dona
tuxum, 6 dona bir xil
kattalikdagi pomidor, tuz, zira
va murch taʼbga koʻra
olinadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1