Предыдущая публикация
''ISMIGUL''
nozik gulim atirgulim
sen tamonga boshlar yo'lim
bir savolda kuyar dilim
javob topmay o'tar kunim
NAQORAT
o'zing gulmi yuzing gulmi
aytaqolgin ey ismigul
sochlaringni qirqa o'rib
tovusdayin asta yurib
o'tganingda shirin kulib
sevib qoldim bitta ko'rib
aql xushim oldin butkul
seni so'rar yurak nuqul
izlab borsam gulzorlarga
xusning gulmi ey ismigul
NAQORAT
o'zing gulmi yuzing gulmi
aytaqolgin ey ismigul
yuraka chizdim rasmingni
lolada ko'rdim aksingni
oydan izlaymi vaslingni
qay guldan so'ray ismingni
xush bo'y ifor rayxon o'zing
jonim olar qaro ko'zing
qizil g'uncha misli labing
naqsh olmadek ikki yuzing
OZOD NUR
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1