Предыдущая публикация
Chekma dil ozor
Bo'lma umidvor
Sen kutgan dildor
Endi kelmaydi
Tonglari otgan
Baxtini topgan
Meni unutgan
Endi kelmaydi
Ko'z yoshlar to'ksam
Bir umr kutsam
Xatto men o'lsam
Endi kelmaydi
Kun o'tgan sayin
Azoblar tayin
U sochi mayin
Endi kelmaydi
Yonimda firoq
Yor mendan yiroq
Sog'indim biroq
Endi kelmaydi
Orzular xazon
Yuragim xayron
Ifori rayxon
Endi kelmaydi
Dardim bir dunyo
Sensizlik ro'yo
Kutsam xam ammo
Endi kelmaydi
''BAXTINI TOPGAN
''ENDI KELMAYDI''
'' OZOD NUR''
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2