Bir nuqtaga termulgan nigohlari
Nelarnidur pichirlaydi dudog'lari
G'am qayg'udan qoraygan yanoqlari
Oson tutmang aslo yolg'iz ayolga
Topganini ilinadi bolasiga
Osmon qullab tushar qilgan nolasiga
Daryo to'lar ko'zdan oqqan jolasiga
Oson tutmang aslo yolg'iz ayolga
Oq sochlarin berkitadi ro'moliga
U xaqqida bormang yomon xayolga
Jonin qiynab tutmang ming xil savolga
Oson tutmang aslo yolg'iz ayolga
Gul edi bandidan uzib olishti
Baxtsiz qilib bir chetta kulib qolishti
Yosh turib yoshligin tortib olishti
Oson tutmang aslo yolg'iz ayolga
Baxtsiz yakun topgan turmush o'chog'i
Xazonlarga to'lib ketgan quchog'i
Farzandarin kulgusi ovunchog'i
Oson tutmang aslo yolg'iz ayolga
Xayot undan baxt atalmish qarzi bor
Dil tubida aytolmagan arzi bor
Baland tog'lar ko'tarolmas dardi bor
Oson tutmang aslo yolg'iz ayolga
"JONIN QIYNAB TUTMANG MING XIL SAVOLGA"
"OSON TUTMANG ASLO YOLG'IZ AYOLGA"
OZOD NUR
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4