
Allohning huzuridagi hisob-kitobga yo’liqishdan oldin o’zini bir sarhisob qilib
olishni istaganlar bu da’vatga quloq tutsin.
Kunlar o’tib boryapti. Amal sahifalari yopilishga yaqinlashyapti. Zero,
katta hisob-kitobdan oldin nafsimizni sarhisob qilishga, o‘tkazgan umrimizdan
pand-nasihat, ibrat olishga va Alloh taolodan mag’firat so’rashga hali
imkoniyatimiz bor.Bu fursatni boy bermaylik. Chunki kunlar o‘tib boryapti, umr
biz bilmagan, his qilmagan suratda oqyapti. Faqatgina yil boshlanganini yoki
hayit kelganini sezib ulguramiz, xolos.
Eng muhim savol.. So’nggi safarga nima tayyorladik? Alloh taolo
huzurida savob qozonish uchun nechuk amallar qildik? Sahifalarimizga nimalar
hozirladik? Bugun o’limni va qabrni esladikmi? Qur’ondan biror sura o’qidikmi?
Namozni xushu’ ila ado etdikmi? Allohdan jannatni so’radikmi? Do’zaxdan
panoh tiladikmi?
Gunohlarimizni kechirgin, deb istighfor aytdikmi? Alloh azza va jallaning
g’azabini keltiradigan amallardan chetlandikmi? Yomonliklardan uzoqlashishni
o’yladikmi? Qalblarimizni takabburlik, hasad va nafratdan, tillarimizni esa,
g’iybat, tuhmat va yolg’ondan pokladikmi? Haromni tinglashdan saqlandikmi?
Amri ma’ruf, nahiy munkar qildikmi? Dinimiz nusrati uchun fidoyi bo’loldikmi,
bor yo’g’imizni sarf qiloldikmi?…
Qat’iy da’vat shulki, har bir inson nafsini sarhisob qilsin va so’ngi safar
uchun “ozuqa”sini tayyorlasin!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев