Har bir inson uchun ona Vatanning tuprog‘i , har bir qarich eri muqaddas hisoblanadi. Bugun mamlakatimizda davlat siyosati miqyosida o‘z tug‘ilib o‘sgan go‘shasini sotayotgan, o‘zga davlatlardan qo‘nim topayotgan vatanfurushlarga qarshi qat’iy tartibda ham ma’naviy, ham qonuniy yo‘l bilan kurash olib borilmoqda. Xonanda Otabek Muhammadzohid esa mavjud vaziyatdan kelib chiqib , Xushnudbek Darvishev she’ridan ilhomlanib, o’zining musiqasi asosida “Vatanfurushlar” nomli qo‘shiq kuyladi. Tarona matnining so‘zlari go‘yo Otabek Muhammadzohid ijrosida qaytadan jonlanib, ohangdagi har bir misra bu illatga qarshi kurashishga da’vat etayotgandek tuyuladi go‘yo. Qo‘shiqni tinglaganingizda bu kabi voqealar san’atkorimizni ham befarq qoldirmaganini, og‘riqli holatlar kuchli darajada ta’sir etganini guvohi bo‘lishingiz mumkin.
Ziyo deb g‘urbatga chorlar doimo,
Niyati qo‘zg‘asa fitna urushlar,
Bularni daho deb sanamasang also,
Bular daho emas, vatan furushlar.
Qo’shiqni yuklash: http://otabek.uz/song/all/26 Manba: www.otabek.uz sayti
http://otabek.uz/news/view/63#.Vy92tdKLTIU
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8