Biz qo’rqqan o’sha onlar Mana yetib ham keldi Dilni ezar hijronlar Yuraklar g’amga to’ldi Ayrilarmiz azizim Vidolashuv oni bu Bir bor ko’ray yolg’izim Oxirgi imkonim bu Xayr demang azizim Xayr so’zi azobdur Bu so’z qalbni titratar Qalbim endi xarobdur Sizsiz qanday yashayman Tasavvurga sig’maydi Yangi hayot boshlayman Lekin qanday bilmayman Kelajakni oldindan Bilardik ikkimiz ham Endi sizga chin dildan Baxtli hayot tilayman Endi boshlang hayotni Lekin meni unuting Qamchilangiz siz otni O’z baxtizni yoping Baxtli bo’ling doimo Baxtsiz damlar bo’lmasin Mehrsiz bo’lmang aslo Sof tuyg’ular o’lmasin Dunyoda bor jamiki Yaxshhikni tilayman O’ylasangiz nimaki Yetishingiz so’rayman Sevgimizga shu damda Yakun yasaymiz endi Baxtli bo’ling albatta So’zim yakuni yetdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев