Ammo sen ularga tashlama nazar. Deydilar shayton odamni buzar Odamlar haromdan qilaylik hazar Yurmagin nomahramni bag'ringga bosib Birovni haqqi aslo etmaydi nasib Odamlar haromdan qilaylik hazar ............................................................. Or- nomus ibo degan tushunchalar bor Dunyoda ko`pchilik tirnoqqa zor Aslo birovlarga yetkazma ozor Odamlar haromdan qilaylik hazar ......................................................................... ....... Biz uchun erur besh mahal namoz Zakot bermoqni ham o'ylaylik biroz Odam bo'lib yashaylik odamlarga xos Odamlar haromdan qilaylik hazar ....................................................................... Ilim olmoqlik ham sanaladi farz Birov sizni yomon deb qilmasin hech arz Bo'ynimizda bizlarning uzilmagay qarz Odamlar haromdan qilaylik hazar ....................................................................... Aytingiz gaplarim gar qattiq botsa Yaxshimu ko'chada dumalab yotsa. Pul uchun bu qizlar nomusin sotsa Odamlar haromdan qilaylik hazar ......................................................................... . Men ham gunoh korman deb goh ko'ngil sezar Atrofda turli xil insonlar kezar Qalbimda istorob yurakni ezar Odamlar haromdan qilaylik hazar ......................................................................... Gohida savob ish keladi malol Xor bo'ldi ariqda oqqan bu zilol. Haromdan jirkanib yashaylik halol. Odamlar haromdan qilaylik hazar ......................................................................... She'r yoqar ma'nosi etmaydi ta'sir Chunki bu bandalar shaytonga asir. O'zingniki bo'lmasa ne kerak qasr Odamlar haromdan qilaylik hazar ......................................................................... ........ Ko'z yomon narsa deb rosa qarashar Go'yoki shu ochiq kiyim yarashar Qizim nima kiyding deb qachon so'rashar Odamlar haromdan qilaylik hazar ......................................................................... ..................................................................... Yolg'on ham bilsangiz aslida harom Buzildi tarbiya buzildi marom Ko'chadan o'tishar bermasdan salom Odamlar haromdan qilaylik hazar ......................................................................... ...... Chunki kattalar ham be parvo yurar Qizlarchi betiga nimalar surar Odamlar kamina barchadan so'rar Odamlar haromdan qilaylik hazar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3