Qon guruhi kishining xarakteri va o’ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi. Bugun o’sha ma’lumotni sizlarga ham taqdim etishga qaror qildik.
Sizning qon guruhingiz:
I Guruh – Siz liderlikka o’chsiz. Oldingizga qo’ygan maqsadga erishmaguncha tinchimaysiz. Olg’a harakat qilishda to’g’ri yo’nalish belgilay olasiz. O’z kuchingizga ishonasiz, lekin ehtirosli holda emas. Kamchiliklaringiz ham bor. Siz o’ta rashkchi va shoshqaloqsiz. Bundan tashqari siz juda izzattalabsiz.
Ijobiy tomoni: Rostgo’y, jozibador, kelishgan qaddi qomatli, kek saqlamaydigan, keng va hur fikrlisiz.
Salbiy tomoni: Qizg’anchiq, betgachopar, hissiz.
II Guruh – Siz osoyishtalik va tartib intizomni yaxshi ko’rasiz. Odamlar bilan yaxshi ishlay olasiz. Bundan tashqari siz ta’sirchan, madaniyatli va ochiq ko’ngilsiz. Sizning kamchiligingiz – o’jarligingiz va asablaringizni boshqarib bilmaganigizdadir.
Ijobiy tomoni: ishonchli sherik, do’st, har doim hamkor bo’la olasiz.
Salbiy tomoni: manman va qiziqqonsiz.
III guruh – Siz o’z hohishingiz bo’yicha ish qiladigan insonsiz, shaxsiyatparastsiz. Hamma narsaga tez moslasha olasiz. Hayolparastlikdan uzoqsiz. Lekin sizni o’zboshimcha ish qilishingiz ba’zan sizga pand berishi mumkin.
Ijobiy tomoni: qiziquvchan, ijodiy imkoniyatlari keng.. hayvonlarni yaxshi ko’radi.
Salbiy tomoni: xotirasi sust, ma’suliyatsiz, dangasa.
IV guruh – siz tinch va hotirjamsiz. Kishilar sizni sevadi va siz bilan o’zlarini erkin his qiladilar. Ularning vaqtlarini chog’ qilishni bilasiz va bir vaqtning o’zida atrofdagilarga odobli va adolatlisiz. Lekin ayrim vaqtlarda qiziqqonsiz. Ba’zan uzoq vaqt ikkilanib, qaror qilishga qiynalasiz.
Ijobiy tomoni: vazmin, bosiq, sog’lom fikrli, mehrli insonsiz.
Salbiy tomoni: beparvo, qat’iyatsiz, kek saqlovchi, ba’zida sevgisiga xiyonat qiladiganlardan bo’lib qolasiz.
II-qism
1 - QON guruhi. Olov unsuri hisoblanadi. Bu unsur vakillari qaynoq qon bo'lib, jahllari tez va jizzaki bo'lishadi. Lekin shu bilan bir qatorda ular mehribon va dilkash inson qiyofasida ham paydo bo'ladilar. Bu unsur vakillarini hayotni ushlab turishadi desa ham bo'ladi, chunki ularning qiziquvchanliklari va intiluvchanliklari tufayli yangi-yangi g'oyalar yaraladi. O'zlarining qadrini bilishadi o'zgalarga doim ko'makdosh bo'lishadi. Lekin doim nimadandir norozi bo'lib qoniqmay yurishadi. Ularga asosan odam ko'p joylar yoqadi, masalan bozorda sayr qilib yurishni yoqtirishadi. Ular biror bir yomon xabardan keyin o'zlariga kelishlari qiyin... Ularni asosan xotiralar qiynaydi…
2 - QON guruhi. Havo unsur vakillari bo'lib, ular asosan og'ir bosiq, odamlardan yiroqda, yolg'izlikni ma’qul ko'rishadi. Ular yonib seva olishadi, oqibatli bo'lishadi, shu bilan birga osongina tashlab ketishlari ham mumkun. Ular qobil farzand yo ota-ona bo'la olishadi. Odamlar etiborida bo'lishni unchalik xush ko'rishmaydi. Ularga asosan tabiat qo'yni va mo'tadil ob-havo yoqadi. Hamma unga suyanadi, maslahat so'raydi, lekin u kamdan kam holdagin birovga tayanadi. Pand yeyishdan qo'rqadi. Ma'sulyatdan cho'chiydi. Lekin o'z ishini ustasi bo'ladi. Hayot sinovlaridan u anchagacha azob chekadi. Lekin dardini hech kim bilan bo'lishmaydi. U har qanday oilaning faxri bo'la oladi.
3- QON guruh.Suv unsuri vakillari. Ularning yonida inson haqiqiy oromni xis qiladi. U hech narsani o'ziga yaqin olmaydi. Gap-so'zlarga hamisha ham e’tibor bermaydi,uni salbiy xislati bu boshqa jins vakillari bilan tez kelishib keta olishi. Lekin bu bilan uni yengiltak deb bo'lmaydi. U har qanday odamni alday oladi. Lekin hech qachon yomon maqsada yolg'on gapirmaydi. Ular uyquchi bo'lishadi. Asosan gumanitar fanlarni a’lo darajada o'zlashtira olishadi. Ular sevib sevilib yashashadi. Asosan quvnoq bo'lishadi, lekin shu bilan birga tezda yig'lab yuborishlari ham mumkun.
4- QON guruh vakillari tuproq unsuri bo'lib, ular har qaysi unsur vakillaridan farqli o'laroq yovvoyiroq yoki juda quvnoq bo'lishadi. Unsur vakillari sharoitga moslashuvchan bo'lishadi. Har qanday vaziyatdan chiqa olishadi. Uncha buncha narsa ularni bezovta qila olmaydi. Ular bir vaqtning o'zida ham ishlab, ham dangasalik qila oladi. Asosan aqlli va serharakat bo'lishadi, ularni sevish qiyin. Chunki ular bilan har xil vaziyatga tushib qolish mumkun. Lekin ular sevishsa afsona haqiqatga aylana oladi. Mo'jizaga ishonishadi va xayolparast bo'lishadi.
XO`SH SIZNING QON GURUHINGIZ XARAKTERINGIZGA MOS KELAR EKANMI ?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 695
AdmiN
ТАШАККУРИ ЗИЁТ