Muntazam ravishda uzoq vaqt davomida kompyuter monitoriga tikilib o'tirgan kishi, albatta, ko'zlari charchaganini his qiladi. Lekin ishlarini chetga surib, kompyuterni o'chirishni hamma ham istamaydi.
Quyida ishlayotgan paytingizda ko'zingiz toliqib qolsa, o'zingizni engil his qilishingiz uchun atigi 15 daqiqa vaqt sarflanadigan mashqlarni havola etamiz.
Qorong'ilikka tikiling
Tirsaklaringizni stol ustiga qo'ying. Ko'zlaringizni yuming va kaftlaringiz bilan ko'zlaringizni yoping. O'zingizni bo'sh qo'ying va qorong'ilikka tikiling. Shu holatda 1-3 daqiqa turing.
Ko'zlarni u tarafdan bu tarafga harakatlantirish
To'g'ri turing yoki o'tiring. To'g'riga qarang. Boshingizni burmasdan chapga qarang. Ko'zingiz tushgan narsaga yaxshilab tikiling. So'ngra o'ng tarafga qarang. Shu holatda bir oz turing. Nigohingizni u tarafdan bu tarafga 5 marta qarating. Bu harakatlarni 3 marta qaytaring.
Ko'zlarni yuqoriga va pastga harakatlantirish
To'g'riga qarab o'tiring. So'ng pastga qarang va ko'rayotgan narsangizga tikiling. So'ng tepaga qarang. Har ikki harakatni 5 martadan qaytaring. Jarayon jami 3 marta takrorlanadi.
Nigohni diagonal bo'ylab qaratish
To'g'riga qarang. Pastga va chapga qarang. So'ngra nigohingizni diagonal bo'yicha harakatlantirib yuqoriga va o'ngga qarang. Bu mashqni 5 marta takrorlang, so'ngra boshqa xuddi shu harakatni aksincha bajaring. Jarayonni 3 marta qaytaring.
Ko'zlarni aylantirish
To'g'ri o'tiring va o'zingizni bo'sh qo'ying. Chapga qarang va ko'zlaringizni soat mili yo'nalishi bo'yicha aylantiring. Bu harakatni 5 marta bajargach, ko'zlaringizni soat mili harakatiga qarshi yo'nalishda aylantiring. Jarayonni 3 marta qaytaring.
Uzoqqa va yaqinga tikilish
Qalamga nigohingizni qarating. U ko'zlaringizdan 20-30 santimetr uzoqlikda turishi lozim. So'ngra nigohingizni uzoqda turgan biror buyumga qarating. Unga ham yaxshilab tikiling. So'ngra yana qalamga qarang. Shu harakatni 5 marta takrorlang. Bu jarayonni 3 marta bajaring.
Nigoh mashqi-1
To'g'riga qarab o'tiring. Qoshlaringiz orasidagi nuqtaga nigohingizni qarating. Bir necha soniya shu holatda turing. So'ngra yana to'g'riga qarang. Bu harakatni 5 marta takrorlang. Butun jarayonni esa 3 marta takrorlang.
Nigoh mashqi-2
To'g'riga qarab o'tiring. Burningiz uchiga bir necha soniya qarab turing. So'ngra yana to'g'riga qarang. Bu harakatni 5 marta takrorlang. Umumiy jarayonni 3 marta takrorlang.
Massaj. Birinchi usul
Ko'zlaringizni 2-3 soniya davomida mahkam yumib turing. So'ngra ko'zlaringiz atrofidagi mushaklarni bo'shashtiring. Yana mahkam yuming. Bu harakatni 10 marta qaytaring.
Massaj. Ikkinchi usul
Ko'zlaringizni yuming. Qovoqlaringizni aylanma harakatlar bilan asta massaj qiling. Lekin qattiq bosmang. Qo'l harakatingizni avval 10 marta soat mili yo'nalishi bo'yicha, keyin esa aksincha amalga oshiring
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев