BIRGALIKDA YoLG‘IZLAR
yohud o‘g‘irlanayotgan yoshlikni asrang
Taraqqiyotimiz tezlashayotgan bir davrda biz axborot olami degan qudratli maydonga qadam qo‘ydik. Bu jarayon tabiiyki, axborotdan foydalanish madaniyatini ham taqozo qilmoqda. Axborotning cheksiz manbasi internet esa biz uchun muhim imkoniyat yo‘liga aylandi.
Internet dastlab ilmiy izlanish va harbiy maqsadlar yo‘lida yaratilgan edi. Bugunga kelib u insoniyat uchun hali salbiy va ijobiy tomonlari to‘liq o‘rganilmagan sir-sinoatlarga boy, hadsiz axborot dunyosidir. Vaholanki, internet yengib bo‘lmas uch boshli ajdarho emas. Insoniyat qo‘li bilan yaratilgan ixtiro. Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Dunyoda odamni loqayd qiluvchi mafkuralar ham ishlab turibdi. Shulardan biri eskapizm (inglizcha escape – qochish, yashirinish degani) tushunchasidir. Bu tushunchaning mazmuni shuki, ushbu illat orqali kishining o‘z hayollari dunyosiga g‘arq bo‘lishi, real hayotdan qochishi yana ham soddaroq aytganda tarkidunyochilik qilishidir.
Hayotimiz rang-barang. Baozi tanish-bilishlarni ko‘rganda kinofilpmlarda ko‘rgan lavham esimga tushadi. O‘tgan asr boshlarida yevropalik kiborlar salom-alik qilishsa bir-birlariga bosh kiyimlarini yechib hurmat ko‘rsatishardi. Bugungi yoshlar ana shu harkatni sal boshqacharoq talqin qilishmoqda. Ular salomlashganda endi quloqchin (naushnik)larini yechib bosh irg‘ashmoqda. Qo‘shiq eshitayotgan tengdoshimiz har holda bizni ilg‘ab olayotgandir. Ammo ijtimoiy tarmoqlar bag‘riga singib ketgan o‘g‘il qizlar haqida bunday deyish qiyin.
Yaqinda bir singlimizning gapidan hijolat tortdim. Uning o‘zi viloyatdagi nufuzli kollejning 1-bosqich o‘quvchisi. Aytishicha, guruhdoshlarining hammasi shaharliklar, qo‘lida zamonaviy telefonlari bor talabalar.
–Men siqilyapman, asabiylashyapman– dedi norasida qiz hovliqib.
– Nima, o‘qish jarayoniga, tartibga ko‘nikolmayapsizmi? – deb so‘radim.
– E qayda, o‘qishni eplab tashlayapman. Sensorli telefon olishim kerak. «Whats up» o‘rnatmoqchiman. Onam bunga qarshi. Guruhimizdagi hamma qizlar «Whats up»da gaplashadi. Ulardan orqada qolayotganim uchun yuragimga hyech narsa sig‘mayapti. Zamonaviylikni onam qaydanam tushunardi. Bir yoqda shu telefonim oddiyligidan hijolat tortaman. Gaplashishga, surat, xabar yuborishyagayam juda qulay ekan bu tarmoq, – deya burro-burro gapirardi qizcha.
Singlimizning afsusiga sabab «muammo» mulohazaga undaydi. Uning ongi bunchalar sayoz narsalar bilan band? Nahotki vaqtinchalik ko‘ngilhushliklar balog‘atni qarshilagan farzandlar yuragidagi alamga aylansa? Qizga hyech narsa gapirmadim. Uning o‘tkinchi havas, sayoz fikrlari zukko tengdoshlariga yaxshigina xulosa. Shunga qaramasdan Telegramm, Odnoklassniki, Tvitter, Vkontakte, FaceBook, Whats up, Viber va boshqa ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotida yoqimli ohangrabo. Ularda diniy aqidaparastlik, muholifatchilik kayfiyati, ahloqiy buzuqliklarning juda yorqinlik bilan talqin etilayotgani dahshatli hodisadir. Bunday deyishga o‘rinli sabab bor. Masalan AQShda hatto dafn marosimlarida ham odamlarning o‘z telefonlaridan ajralmasdan «motam tutayotgani» katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. Ochiq aytish zarur bunday yoqimsiz manzaralar siz-sizning oramizda ham uchraydi. Qaerdaki bo‘lmasin yigit va qizlarning o‘z telefonlaridan berilib matn terayotgani, atrofni unutib tarmoq asiriga aylanayotgani… Buni zamonaviy zombilashuv deb atash mumkindir, balki. G‘aflat bosgan yoshlarga qarab achinish mumkin xolos. Ularni kuzatib oddiy haqiqat ko‘ngildan o‘tadi. Ular jamoat orasida, bir o‘quv maskanida va yoki internet kafeda hamisha yonma-yon. Biroq ular buni his qilmayaptilar. Taajjubki, ular birgalikda yolg‘iz odamlardir. Qaysidir maonoda bu manqurtlikning qiyofasiga o‘xshab ketyapti. Tanning dardi og‘izdan kiradi, deyishadi ko‘pni ko‘rgan kattalar. Maonaviy kasallik esa kishiga ko‘zidan, qulog‘idan kiradi, desak haq gapni aytgan bo‘lamiz, nazarimda.
Internet orqali keltirilgan quyidagi faktlar diqqatimizni tortdi: «Rossiyada odamlarni internetdan davolovchi ilk klinikalar ish boshladi. Amerikada esa ruhiy qaramlikdan davolovchi bunday shifoxonalar 1996 yildayoq paydo bo‘lgan». Naqadar maonaviy fojea. Hali bizda bu darajaga yetilgani yo‘q. Afsuski hatto maktab o‘quvchilarining internet kafedagi bir zumlik hayotini kuzata turib «internet kasalligi» ularni ham «hasta» qilib qo‘ymasligiga hyech kim kafolat berolmasa kerak.
Mamlakatimiz kelajagi hamisha zukko, aqli raso, barkamol yoshlarga tayanadi. Ularga hamisha umid bilan boqadi. Bugun imkoniyatlar eshigi ochilgan birp pallada ota-onalar o‘z farzandlariga meoyor degan o‘gitni tushuntirsalar qaysidir maonoda tarbiyasizlikning oldi olinardi. Murg‘ak qalblarga yovuz niyatlarning soya solmasligiga oz bo‘lsada erishilardi. Zero, internet ham bugun nomi tez-tez tilga olinayotgan madaniyatsizlikning – «ommaviy madaniyat»ning bir bo‘lagi. Uning sirli kuchi esa soddalik paranjisini yuziga tortganida. Uning asiriga aylangan odam aldamchi halovat ichra o‘zini ovutib yashayveradi. Bizning yoshlarimiz ana shu «soddalik»ka bog‘lanib qolmasliklarini istardik.
Madaminjon SOLIJONOV
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев