KO'PAYMOQDA SOAT SAIN TEZLIK ILA XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
TURLIK TUMAN DUNYO QARASH TUZULMUSHDIR SHARIATNING RISHTALARI UZULMISHDIR
PORA ILA XADYA FARQI BUZULMISHDIR XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
AYOL ZOTI BU O'LKANING SOVCHILARI ODAM OVLAP KUN KECHIRAR OVCHILARI
KABOILGA QO'L URADI XOJILARI XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
BAZAN KO'NGIL DOT SOLADI SADOSIZDUR DIL FARYODI BE UN CHIQAR NIDOSIZDUR
NAMOZXONI BE NAMOZDAN XAYOSIZDUR XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
SAIRLARGA YOSH KO'NGILLAR MOILGOHI MARKAZLARIN BEZAMISHDIR SAYILGOXI
SAYILGOXI FAXSHLARNING MAYILGOXI XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
GUNOXLARGA ELTIVCHU YO'L GUNOX ERUR BID'ATLARIN NOMLARI ZO'R SAVOB ERUR
OQ SOQOLLI MO'YSAFIDLAR NOYOB ERUR XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
QINDAN CHIQISH BILMAS OLMOS SHAMSHIRLARI GUNOXLARI OSHKOR BO'LIP KAM SIRLARI
RAQSGA TUSHIB KET O'YNATAR KAMPIRLARI XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
TO'YLARIDA QIZ JUVONIN KO'RING XOLIN FAXSH TUYG'ULAR BAND AYLAMISH BOR XAYOLIN
YARMIDANXAM KO'PROQ OCHIQ GUL AYOLIN XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
GASHTAKLARI TASHKIL ETMISH MING XANDALAR ONASINING O'G'ILCHASI ARZANDALAR
TO'Y TO'RIDA QORILAR VA SOZANDALAR XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
KIYIM YECHMISH YUNSOBODU BESH YOG'OCHLAR UYATTAN YUZ O'GIRIB OLMISH QAYRAG'OCHLAR
XIJOBLIGA KULUP QARAR YALANG'OCHLAR XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
ETIK DO'ZGA QALAM TUTIP OSHPAZGA GUL OLIMINING XAMYONI NE BILMAGAY PUL
YARIM VATAN ERKAGI BIR YARIMI TUL XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
FAROSATI TOPILMAYDI MAG'IZCHALIK XANJARI YO'G' XECH BO'LMASA BIGIZCHALIK
RASHQ NE LIGIN BILMAS XATTO TO'NG'IZCHALIK XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
ERTA TONGDA EL ISHI YO'Q AZON BILAN KUNLARINI UCHIRGAYLAR TO'ZON BILAN
IMOMLARI KUN KECHIRAR EXSON BILAN XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
DUNYO YIG'ISH MO'MINLARGA XAMROX BO'LDI FAQAT KUFR SHIRKIY ISHLAR GUNOX BO'LDI
UCH QAVATLIK UY QURISHXAM MUBOX BO'LDI XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
DAVO QILIP DIN ISHINING OSTILARIN SO'NG YUZIGA CHIQARIBDIR USTILARIN
ISHLATISHAR FIR AVNNING USTALARIN XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
UYLARIGA KIRSANGIZ GAR YIG'LAGAYSIZ TO'SHAKLARDA XALOVATSIZ UXLAGAYSIZ
KOFIRLARNING XAYOTINI YO'QLAGAYSIZ XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
MO'MIN DEBON PESHONASIN O'POLMAYSIZ AYIBLARIN OY BILANXAM YOPOLMAYSIZ
NAMOZIDAN BOSHQA AMAL TOPOLMAYSIZ XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
SO'FIYLARGA YETTI YOT DIN XAQIQATI XAMON BALIQ USTIDA DER YERNING QATI
SARQIT ERUR TOPKAN TUTKAN TARIQATI XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
MUSULMON KO'P ISLOMINI BILMAYDIG'ON VA ALBATTA ISLOM DARDIN QILMAYDIG'ON
XAQ AYTILSA MINGBOR BIR BOR KELMAYDIG'ON XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
UNUTIBLAR OXIRATNING SARMOYASIN ARIQLARGA OQIZMISHLAR XAQ G'OYASIN
ER YIGITLAR SOTIB YASHAR XAM SOYASIN XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
SIYOSATLAR YOLG'ONCHILIK SHARQI YO'QDUR DIYONATNING VAZNI YENGIL NARXI YO'QDIR
MIRSHABLARIN O'G'RILARDAN FARQI YO'QDIR XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
SINIB BARBOT ETILGAN DIN O'CHOQLARI YOT QUCHOQDA QARSHI OLAR QUCHOQLARI
BISMILLO DEP AROQ SOTAR OLCHOQLARI XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
QIR ADIRDA IBODATGA SAXARLIDIR POYTAXTLARDA BIR ZUMDAYOQ SHAXARLIDIR
SAVDOLARDA ILONDANXAM ZAXARLIDIR XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
DILNI TIRNAR BUXORONING ZORILARI TASIR ETMAY QO'YGAN XADIS DORILARI
NAQSHBAND DEP KUN KECHIRAR QORILARI XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
KO'RING PESHVO BIR DARGOXGA YIG'ILARLAR DUNYO DEYA TINMAY PULNI SOG'INARLAR
ZANGI OTA XOLIQ DEBON SIG'INARLAR XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
ILIMLISI TAMOM SOXTA YO'LI KENGDIR O'NG TAMONI NOYOP AMMO SO'LI KENGDIR
PORA OLISH G'AVO OLISH ILA TENGDIR XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
ILM IZLAMAS DARGOXLARDA TOLIBLARI PORA BILAN G'OLIB BO'LGAN G'OLIBLARI
XUDO NIMA BILMAY YASHAR TABIBLARI XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
XAROM QONNI PESHONAGA SURKATILMISH FAXSH YO'LLARI MAKTABDAYOQ KO'RSATILMISH
ODAM ALDASH DARSLIK ILA O'RGATILMISH XAR QADAMDA QIYOMATDAN ALOMATLAR!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев