martgacha )
UMUMIY TA’RIF. Bu
muchalda tug’ilganlar
ko’pincha ruhiy azob,
xavotir va qayg’u
chekadilar. Ularning
orasida apparat
xodimlari kamdan-kam
uchraydi, lekin ijodiy ish
bilan shug’ullanuvchi
iste’dodlar ko’p. Ularni
mol-dunyo
qiziqtirmaydi. Millioner
bo’lishga intilmaydilar,
ammo millionerlarday
yashashni orzu qiladilar.
"Baliq"lar hayotda
uchraydigan
hodisalarga, voqelikka
befarq qaraydilar. Balki
shuning uchundir ularni
biror ishni bajarishga
undash befoyda.Albatta,
ularning dunyoqarashi
tor, fikrlash
qobiliyatidan mahrum
mavjudot deb baho
bersangiz
yanglishasiz.Baliq"lar
ko’proq ushalmas
orzular haqida o’ylash
bilan band bo’ladilar.
Hayotning yomon
tomonlariga jirkanch
nazar bilan qarashadi.
Ularning xotirasi
mustaxkam.Agar 'Baliq"
biror maslahat bergudek
bo’lsa, so’zsiz uning
gapiga quloq tutishingiz
kerak. Ammo ularga
suhbatdosh bo’lish
qiyin, chunki "Baliq"lar
tanqidga dosh bera
olmaydilar.
Ular orasidan ko’proq
haqiqiy iste’dod egalari
etishib chiqadi.
"Baliq"lar ko’proq o’zlari
haqida emas, qarindosh-
urug’lari, do’st-
birodarlari haqida
tashvishlanib,
qo’llaridan kelgancha
yordam berishadi.
Muhtojlarga yordam
berish ularning asosiy
maqsadi. "Baliq"lar o’z
aqli va kuchiga ishonch
bilan yondoshmaydilar.
Ammo sezishmaydiki,
ular o’zlari
o’ylaganlaridan ham
donoroq va
kuchliroqdirlar.
ERKAKLAR. Tinch va
osoyishta hayot
kechirishni sevadilar.
Ochiqqo’l, mehmondo’st
bo’lishiga qaramay,
ko’pincha xomush
yuradilar.
Xayolparastliklari tufayli
juda ko’p zarar
ko’rishadi.
Ular sir saqlashni
bilishadi va birovning
shaxsiy ishiga
aralashishni
yoqtirishmaydi. Qo’ni-
qo’shniyu, yor-
birodarlari maslahat
so’rab unga ko’p
murojaat etishadi. Hatto
ba’zida o’zingiz ham
unga barcha
qiynoqlaringiz,
muvaffaqiyatsizliklaringiz
haqida gapirib berish
istagida bo’lasiz.
"Baliq" muchalida
tug’ilgan erkaklar agar
biror ishga astoydil
kirishsa, albatta buning
uddasidan chiqadi, aql
bilan ish ko’rsa, boylik
hamda obro’ ham
orttirishi mumkin.
Agar ular 25 yoshgacha
hayot oqimi bo’ylab
to’g’ri yo’lga tushib
olishsa, keyingi
turmushlari havas
qilgudek baxtli bo’lib
ketadi. Lekin shu
yoshgacha ham o’z
baxtlarini topa olmasalar
keyinchalik ham qiynalib
yashashadi. Bu
muchaldagi erkaklar o’z
baxtlari uchun kurasha
olmaydilar. Siz uni
tushunishga harakat
qilishingiz, qo’lingizdan
kelganicha yordam
berishingiz kerak. Chunki
u hech qachon birovga
yomonlikni ravo
ko’rmaydi.
U sizni rashk qilmaydi,
hatto bu tuyg’u o’ta
alanga olganida ham,
o’zini bosiq tutadi.
Garchi munosib
bo’lmasangiz-da, u sizga
nisbatan o’zida ishonch
uyg’ota oladi.Bolalar uni
juda ham sevishadi.
Chunki u bolalarning
barcha tashvishlariga
sherik bo’lib, albatta,
yordam beradi.
AYOLLAR. Bu muchaldagi
ayollar juda go’zal va
yoqimtoydirlar. Agar siz
uni sevib qolsangiz,
albatta, himoya
qilishingiz kerak. U juda
ham nazokatli bo’lgani
uchun suhbatda bo’lgan
har qanday erkak uni
yoqtirib qolishi mumkin.
Ammo turmush qurgach,
u sizdan ko’p narsani
talab qilishi turgan gap.
Chunki u ayol! U o’ziiing
talablarini sizga
muloyimlik bilan
bildiradi. Agar siz unga
nisbatan qahrli va qo’pol
muomalada bo’lsangiz,
uni bu ayollik nafosati
tark etib, zahar va serjahl
bo’lib qoladi.
Uning ichki dunyosi juda
boy bo’lsa-da,
xayolparastligi sababli
ko’rinishdan himoyasiz
va nozikday tuyuladi. Pul
ishlatishga uquvi
bo’lmasa-da, uning
oilasi moddiy tanqislikka
uchramaydi. Doim
yaxshi kiyinib
yurishni,ajoyib sovg’alar
xarid qilishni yaxshi
ko’radi va buning
uddasidan chiqadi.
U ham bolalarni sevadi
va hammadan ko’ra
yaxshiroq tushunadi.
Shuning uchun bolalarni
tarbiyalashda xa-
toliklarga yo’l qo’yganini
sezmay qoladi.Uning
tug’ilgan kunini yoki
to’yingiz bo’lgan kunni
aslo unutmang. U buni
kechirmaydi. U hamisha,
har qanday sohada
nazokatli, nafis va dilbar
ayolligicha qoladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 43
kunlik bashoratni olishni iloji yoqmi
haftalik bashorat faqat
gooper.uz saytida