ishonmasdirsiz
Balkim bu siz uchun
tuyular ertak
Ammo tinglash
uchun oz fursatingiz
Bersangiz kifoya
bo'ladi beshak
Yigit bir kun keldi
qizning oldiga
Undan ko'zlarini bir
oz yashirib
Sevgi izhorin aytib
qoldiku
Mashuqasin sha'nin
tamom oshirib
Siz mening
ko'nglimga g'ulg'ula
solgan
Qalbimning bir
chetin band etgan
hokim
Sizni o'ylaganda
uyqim yo'qolgan
Sizni uchratganda
bo'lib qolgim jim
Bu dardli so'zlarni
tinglagan dildor
O'zini ming turli
nozlarga soldi
Yigitchi bechora
takror va takror
Izhor qilaverib
charchadi toldi
Qiz o'zin haddan
tutardi mag'rur
Ayoniga kulib
turgan shohlardek
Yigitning izhori
qilmayin ta'sir
"Yo'q" degan javobni
bera oldi tek
Do'stlar shu birgina
voqea qayg'u
Tog'ni talqon qilgan
jussani yiqdi
To'rt yillik
muhabbat
parchalandi-yu
Dunyo-dunyo she'rlar
yolg'onchi chiqdi
She'rlar-ku mayliya
shuncha va'dalar
Javobin kim berar
hayqirdi yigit
Ammo ko'zlarini
o'ynatib dildor
Johil qarorida
turardi sobit
Qizning javobini
tinglagach horg'in
Ortiga yig'lab-lar
qaytti yoronlar
Endi uning yo'lin
to'sa olardi
Na qorli shamollar,
na sel bo'ronlar,
Chunki u yoridan
ayrilgan edi
Sevgan dildoridan
bo'lgandi mahrum
Haloyiq
tomoshadorning
ostida
Qani edi o'limga
etilsa mahkum
Sevgi deganlari shu
bo'ldimi deb
Yig'lardi hokisor
holdan tolguncha
Yigit g'irt telbaga
aylangan edi
Toki bir Kitobni
ko'rib qolguncha
Qaydandir taralgan
serjilo hitob
Asriy orzularni
parchalay dedi
Oddiy bir daftardan
farq qilmas kitob
Ustiga TAVHID deb
yozilgan edi
Kitobni o'qirkan
tamom behazil
Satrlar ko'zlarin
namlab yoshladi
Butunlay yolg'ondan
bezigan ko'ngil
Haqiqat eshigin ocha
boshladi
Iloh yo'q Allohdan
boshqa deb nogoh
Lablari pichirlay
boshalaganida
Iymoniy bir lazzat,
ilohiy panoh
SAMOVIY
MUHABBAT tuydi
tanida
Dunyoga hukmdor
bo'lgan g'ulomdek
O'ziga hayronlar
turardi yigit
O'ng ko'zidan bir
yosh asta quyilib
Ko'ngildan sitamni
ayladi soqit
Uning qalbidagi
asriy zilzila
Dunyoga solgandi
go'yoki uvvos
Dildorga uzatgan
qo'llari ila
Mushafni o'qidi
chiqarib ovoz
Bu qanday yo'l
dersiz birodarlarim
Bu qanday-dir
najotdir dersiz
ehtimol
Haligi dildorni
o'ylamaslikni
Yigit eplay oldi
do'stlar bemalol
Tinmayin jo'sh urdi
iymon tanida
Shahviy ehtiyojlar
tamoman so'ldi
Yaqin o'tmishini
eslaganida
O'zidan uyalgan
paytlari bo'ldi
Hikoya shu yerda
to'htasa qandoq
Ne deysiz bo'lsa
shunday intixo
Ko'ryapman ko'zingiz
aytmoqda bu choq
Biz bunday yakundan
emasmiz rizo
Bizga hikoyaning
ohiri kerak
Dunyoning
sevgining nedir
poyoni
Boshlashga
boshlabon go'yo bir
ertak
Yakunlab qo'y ahir
bul voqeani
Xo'p, mayli aytaman
yakunin beor
Yo'ymaysiz o'zicha
to'qib oldiga
Qur'on ovozini
tinglagan dildor
Hijob o'rab keldi
yigit oldiga.
Xayrulla Hamidov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2