7-8 yoshlar atrofidagi bolakay
muzqaymoq yeyish uchun
kafega kirdi... Uning yoniga
xizmat körsatish uchun
ofitsiantka qiz keldi. Bolakay:
"Shokoladli muzqaymog'iz
bormi?" Qiz: "Hа bor, 1000 söm
turadi" Bolakay hisob-kitob,
qöshish-ayirishni endigina
örganayotgan edi. U bolalarcha
soddalik bilan qizdan söradi:
"1000 söm pulim bor edi, ammo
arzonroq muzqaymog'iz yöqmi?"
Qizning jahli chiqdi, asabiy
ovozda bolakayni jerkidi:
"Bunchа ziqnа bola bölmasang,
puling bölmasa senga kafeda
muzqaymoq yeyishga nima
bor...? 800 sömlik muzqaymoq
bor, shu böladimi?" Bolakay: "Hа
böladi, öshanisidan beraqoling",-
deya jilmaydi.
Oradan biroz vaqt ötgach,
bolakay muzqaymoqni yeb
tugatdi va chiqib ketdi.
Ofitsiantka stolni yig'ishtirgani
kelganida stol ustida turgan 200
söm pulga va bir parcha
qog'ozga közi tushdi. Qog'ozda
shunday yozilgandi:
"1000-800=200 Opajon, bu 200
söm sizga, yaxshi xizmat qilganiz
uchun rahmat..." Bolakay
ofitsiantka qizga choy-chaqa
berish uchun arzonroq
muzqaymoq buyurtma qilgandi.
Lekin qiz uni tushuna olmagandi.
Qiz kulib turgan bolakay
qiyofasini köz öngiga keltirdi-yu
öz qöpolligidan yig'lab yubordi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев