Bizga kerak bo'ladi:
6 dona kisly,suvli olma
300 gr shakar
1 osh.q olma sirkasi(yablochny uksus)
6dona tayoqchalar
1stakan suv
Va kremlarga ishlatiladigan ranglar
Qanday tayyorlaymiz:
1. Avval olmalarni yuvib,quritib artib orqasidagi cho'pchasini olib,o'rniga uzun tayoqchalardan 1tadan tiqib chiqiladi
2. Keyingi ishimiz biror idishga suv va shakarni solib yaxshilab qaynatamiz qaynab quyuqlashib ko'pikchalar hosil bo'lgach,uksus va rang solib yaxshilab aralashtiriladi
3. Endi tayyor siropimizga olmalarni tayoqchasidan ushlab botirib olamiz va ozgina yog'lab yuborilgan tovoqchaga terib chiqamiz
Karamelli olmachalarimiz soviguncha kutamiz
Endi esa yoqimli ishtaha! :)
#shirinliklar
Manam xuddi shu retseptda qilaman lekin o'xshamiyapti,yaltiramiyapti,keyin qotgandan keyin sinib sinib ketvotti qandlari,agar siroppi suyuqroq qisam olmaga yopishmiyapti
Yo'q juda uzoq qaynatvomman,quyulguncha qaynavotti,sal suyuqro bo'sa olmaga ilinmiyapti,quyuqro bo'sa qalin bo'lib yaltiramiy sinib ketvotti,bilmadim xicham o'xshamiyapti
Suyuq asal bo'gancha qaynatinikin, manam br olmani sosam sirop olmaga ilinmadi, kegin yana azgina qaynatudim yu ilindi. faqat gazzi uchirganimdan sovub qoganiga eng oxirgi 1ta olmani soganimda yaltirami qoldi, deme xammasini issigligida tez-tez sovolish kerekan karameli yaltirab chikishi uchun!
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 21