Moskva viloyatidagi provayderlar o'z abonentlarini Google'ni to'liq bloklanishi va YouTube'ni "qabul qilib bo'lmaydigan tezlikda" sekinlashishi haqida ogohlantirdi.
Youtube va Google’ning bloklanishi kundalik hayotda nimalarga ta’sir qiladi?
1. Foydalanuvchilar Google Tarjimon, Google Xaritalar, Gmail pochtasi va Google Docs va Google Meet kabi ilovalarga kirish imkoniyatidan mahrum bo'lishadi.
2. Ko'p saytlar Google shriftlaridan foydalanadi. Bu esa taxminan 800 dan ortiq shriftlar. Agar Google bloklansa ko'p saytlardagi matnlar to'rtburchak sifatida ko'rinadi:
3. Android tizimidagi telefonlarni yangilab (обновление) bo'lmaydi. Bu telefonlarning ishlash sifati, xavfsizligi va xotirasi bilan muammolarga olib keladi.
4. Aksariyat foydalanuvchilar YouTubeda vatanlarida tayyorlanadigan media kontentni kuzatib, sog’inchlarini qondirishar edi. Bu esa bevosita psixologik noqulaylikka olib keladi.
YouTube va Google’ning bloklanishi nafaqat elektron xizmatlar va telefonlardan foydalanishni qiyinlashtiradi, balki raqamli nazoratni boshlanganini ham anglatishi mumkin. Chunki Rossiyada bloklanmay, foydalanish uchun erkin qolayotgan elektron platformalarning barchasi davlat nazoratidagi saytlardir, masalan VK, Mail va boshqalar.
Migrant.uz tahririyati bilan bog'lanadigan ko'cha tozalovchilari (dvorniklar) yo'llarda to'plangan suvni tozalashda ham ishlashlarini ta'kidlashadi, Orangizda shunday muhojirlar bo'lsa ish jarayonidan videolaringiz bilan bo'lishing.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7