O'zbekiston fuqarolari Moskvada poliklinika qurilishida ishlashganini, biroq maoshlari ikki oydan buyon berilmayotganidan shikoyat qilishmoqda. Migrant.uz muxbiri jabrlanganlar bilan suhbatlashib, voqea tafsilotlarini aniqladi.
Ma'lum bo'lishicha, o'zbekistonliklar aprel oyi oxirida 7 qavatli poliklinika qurilishida elektrik sifatida bir brigada bo'lib ishga joylashishgan. Bir brigada 20dan ortiq quruvchilardan iborat. Ularning vazifasi yangi qurilayotgan poliklinikaning elektr ishlarini bajarish edi.
Pudrat tashkiloti quruvchilarni yolllayotganda barcha rasmiy ravishda ishga olinishini va'da bergan. Ish haqi soatiga 525 rubl, kuniga esa maksimal 4200 rubl miqdorida kelishilgan. Ish hisobi tabelda yuritilgan.
Avval mehnat shartnomalari va'da qilinganidek, navbat bilan har hafta bir nechta ishchilarga berilayotgan edi. Biroq shartnomalarda ishchilar elektrik emas, "raznorabochiy" lavozimida ishga olingani, maosh esa bir oyga 30 ming rublligi ko'rsatilgan edi. Ish beruvchi buni rasmiyatchilik deb tushuntirgan.
Ammo shartnoma nusxasini tegishli tartibda Migratsiya bo'limiga topshirgani borganda muhojirlarga ularning qo'lidagi "dogovor" soxta ekani aytib, qaytarib yuborilgan. Katta ehtimol bilan, ish beruvchi chet el fuqarosini ishga yollagani to'g'risida Migratsiya bo'limiga xabar yubormagani nazarda tutilgan.
Shartnomalar qabul qilinmaganini eshitgan Nikolay va Mixail ismli ish beruvchilar barcha mehnat shartnomalarini yig'ib olib, yangi, ya'ni haqiqiy shartnomalar berishni va'da qilishadi.
Migrant.uz tahririyati bilan bog'lanadigan ko'cha tozalovchilari (dvorniklar) yo'llarda to'plangan suvni tozalashda ham ishlashlarini ta'kidlashadi, Orangizda shunday muhojirlar bo'lsa ish jarayonidan videolaringiz bilan bo'lishing.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6