chiqqan aktrisani eri “o‘ynash”i bilan
ushlab olgach, u bilan ajrashdi.
Erining “pulini sog‘ib” yurgan
vijdonsiz aktrisa ko‘ngilxushlikni
turmush sadoqatidan ustun qo‘ydi.
Ana shundaylar, san’at ahliga
nisbatan “suyuqoyoq” degan sovuq
munosabatlarga sabab bo‘ldi. Elda bir
ajoyib naql bor: “Tirraqi buzoq
podani buzadi!”
Qosh-ko‘zini bo‘yashni biladi-yu,
tafakkurini bilim bo‘yoqlari bilan
bo‘yashni unutgan bu aktrisa ancha
rollari orqali tanilishga ulgurgan.
Xorijda yashab, turmush o‘rtog‘idan
ajrashib qaytgandi. Toshkentda boy
er topib, ikkinchi marta oila ham
qurdi. Uy-joy, qimmat
avtomashina...hammasiga ega bo‘ldi.
Turmush o‘rtog‘i unga nisbatan
xiyonatini payqab, izini poyladi va
shubhalari shubha emasligiga amin
bo‘ldi. Xushtori bilan ushlagach,
ajrashishga qaror qildi. Ijtimoiy
tarmoqlarda esa aktrisa
ko‘ngilxushlik qilib yurgan yigiti
bilan birga tushgan “do‘stona”
suratlarini “reklama” qilishni ham
unutmayapti. Bundaylar turmush
sadoqatini, oila muqaddasligini
qaerdan ham bilsin!?
Bir necha yuz dollarga ichki kiyimini
reklama qilib, kibrlanadigan, labini
yorilib ketadigan darajada shishirgan
xonanda ona shahri haqida klip
olishga kelganda, “moliyaviy ahvoli
chatoq” ekanini bahona qildi!
Shunaqasi ham bo‘ladimi? Ha,
bo‘larkan!
Bu maqtanchoq xonandadan
ko‘pchilik bezor. Uni adminstratorlari
ham chuv tushirib ketadi. To‘y-
po‘yga borsa, yonida disk qo‘yib
yuradiganlari ham. Chunki, unga hech
kim ishonmaydi. Eski chorig‘ini
unutib qo‘ygan bu makrli qo‘shiqchi
lof urushni juda xush ko‘radi shekilli,
o‘zidan “boyxonim” yasab olgan. Haq
gapni betiga aytsangiz, yig‘i-sig‘i
qilib berishga ham usta.
Uni xalq mashhur qilganini, taniqlilik
bobida hatto Yulduz Usmonovani
ham mensimaydigan “yasama
qo‘g‘irchoq” kabi sun’iy basharaga
ega bu xonanda hamkasblari bilan
uchrashib qolguday bo‘lsa, “g‘iybat
o‘chog‘i”ni quradi. Xalq tanitgan
deydi-yu, xalq koriga qachon
yaraganini eslarmikan? “Taqir-tuqur”
ijodini falon gonorarga narxlab,
to‘ydan tergan pulini labini shishirib
turishga sarflagunicha, biron
jo‘yaliroq qo‘shiqlar kuylasa,
topayotgan pulini halolagan
bo‘larmidi?
Xulqini gapirmasa ham bo‘ladi. Insof
bermasa, qiyin ekanda, a
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев