Biz oilamizda men, ukam, singlim , onam va otam birga yashaymiz. Kichkina singlim endigina 4 yoshga kirgandi. Men va ukam unda maktabga borardik. Men qishloqdan uyga kelyabman. Ko`chamizga kirdimu eshigimiz oldida turgan bobomni mashinasiga ko`zim tushdi. Lekin nimagadir yuragim g`ash… Uyga yaqinlashganimda darvozadan dadam singlimni ko`tarib chiqdilar. Ortlaridan bobom va oq libosda notanish bir ayol. Oxirida onam chiqdilar. Ko`zlari qizarib shishib ketgan. Men nima bo`layotganiga tushunmay qoldim va onamdan so`radim. Onam menga singlim Feruzani tomog`i og`rib qolganini va uyda ukamga qarab o`tirishimni tayinlagandilar, o`zlari esa ular bilan birga shifoxonaga ketdilar. Yana 3 kundan keyin singlim Feruzani tug`ilgan kuni edi. Meni jajji singiljonim 4 yoshga to`lib 5 yoshga o`tardi… Kech tushdi. Kasalxonadan dadamning bir o`zlari qaytdilar. Onam va singlim shifoxonada qolgan ekanlar. Dadam shifoxona uchun zarur bo`lgan buyumlarni oldilar. Men ham dadam bilan birga shifoxonaga bordim. Shifoxonada binosidan yuqori qavatga ko`tarildik. Shu payt eshikni tepasiga “Reanimatsiya” degan yozuvga ko`zim tushdi. Bizni hamshira u yerga kirgizmadi. Keyin kutish zaliga o`tdik. Shu payt onam oldimizga chiqib keldilar va meni bag`rilariga bosib yig`ladilar. Men esa shiftga qarar edim chunki ko`zim to`la yosh edi. Kechqurun uyga dadam bilan qaytdik. Ertasi kuni meni dadam olib ketmadilar. Indiniga kechqurun dadam bilan shifoxonaga bordik. Mening singlimni oldiga kiritishdi. Uni hech qachon bunaqangi holatda ko`rmagandim. Yuzlari oqarib ketgan, ko`zlarini tagi ko`kargan holsiz holatda yotardi bechora singlim. Uni ko`riboq ko`zlarimga yosh keldi. Hmshira kirib ukol qiladigan payt bo`lganini aytdi. Singlim esa hamshiraga qarab xolajon menga ukol qilmang , men endi aqlli qiz bo`laman , hech qachon kasal bo`lmayman , onamni aytganlarini qilaman degancha tinmay yig`lardi. Menga ukol qilmasangiz qo`limdagi qo`g`irchog`imni sizga beraman. Hamshirani ham jajji singiljonimni bu gaplaridan keyin ko`zlaridan tinmay yosh oqardi. So`ngra bechora singlim onamga qarab, onajon ayting menga ukol qilmasinlar, men yaxshi bo`lib qoldimku, iltimos onajon… Onamdan najot chiqmagach , navbat menga kelgandi. Aka ayting menga ukol qilishmasin, akajon. Men sizni hammadan yaxshi ko`raman. Meni qutqaring akajon. Men ukoldan qo`rqaman… O`sha paytda men 12 yosh edim, qo`limdan hech nima kelmasdi , bechora singlimga qanaqangi yordam berishni ham bilmasdim. Xonadan otilib chiqib ketdim va ovozimni boricha baqirib yig`lardim… Birozdan keyin onam chiqib meni singlim chaqirayotganini aytdilar. Men uni yoniga jon xolatda yugurib kirdim. Akajon ertaga menga zvachka olib kelasiz – a? Iltimos , jon akajon… men esa unga boshimni qimirlatib albatta olib kelishimni aytdim. Ertasi kuni men va ukam odatdagidek maktabga ketdik. Yo`l yulakay magazindan singlimga zvachka olib oldim. Dars ham boshlandi. Meni ikki hayolim esa singlimda edi. Darsni 3chi soati ham tugay deb qolgandi. Shu payt sinf eshigi taqilladi va ukam boshini kirgizib , aka yuring ketamiz dadam chaqiryabdilar dedi. ( ukam o`sha paytda 9 yosh edi) sinfdan chiqiboq ukamdan nima gapligini so`radim. Aka singlimiz Feruza o`libdi. Tanamdan sovuq ter chiqib ketdi. Hovlimizga kirar ekanman amakim menga to`n va do`ppi tutqizdilar. Xa endi ishondim. Amakim bir qo`llari bilan quchib meni uyga boshladilar. Ayvonda bir qo`llari boshda, o`zlari devorga suyangancha dadam turardilar. Feruzani boshida esa onam yig`lab o`tirardilar. Uzr buyog`ini yoza olmiman, qo`limdan kelmaydi. Onajon bugun sizga qabristonga borishdan qo`rqaman deb yolg`on gapirdim. Qabristondagi qabrlar menga singlimni eslatadi. Men undan keyin o`zimga kelishga qiynalaman va qulog`imga singlimni oxirgi bor aytgan gaplari yangrayveradi... "Dostim olloh sabr bersin..."
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев