Предыдущая публикация
Ösha mash'um kunni eslagim keldi, Chunki ösha kuni yuragim sindi, Ne qilay taqdiri azal shu ekan, Chil-chil bölgan yurak tiklanmas endi.
Balki qörqoqdirman, balki notavon, Afsus, ösha kuni aylanmas zabon, Sirtimda tabassum, ichimda töfon, U esa behabar; kular nogahon.
Sönggi pushaymondir özingga dushman, Shu ketish bölsa, aqldan ozmushman, Suyukli yorim chiqdi-ketdi qöldan, Raqib xursand, men esa faromushman.
Xöja Bola, na qilarsan kuyib, axir, Kuyib kuyib betob bölasan-ku oxir, Kel, yaxshisi, baxt tilagin ikki yoshga, Qösha qarib, tölishsin-a qutlug' yoshga...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев