Bu-oddiy ibora, to`g`rimi? Soat millari o`tkani sari, vaqt ham o`tib boraveradi. Bu ham odatiy tushuncha. Lekin, vaqtingizni qadriga yeta olyapsizmi?Har bir soatingiznichi? Aytaylik, o`qish yoki ishga borganingizda ish yuzasidan kerakli narsangizni yodingizdan ko`tarilganini sezdingiz. O`z-o`zidan uyga qaytib borib kelishingiz uchun vaqt, ana shu vaqt ichida biror transport orqali borib kelsangiz, hamyoningizdagi “naqd” pulingizdan ham qisman ayrilasiz. Agarda siz vaqtingizni to`g`ri tanlab, ertaroq turib shoshilmasdan xarakat qilib manzilingizga borganingizda, ikkala tomonlama yutgan bo`lardingiz.
Yo`llarda xech kuzatganmisiz, biror odaming bo`sh o`rindiqlarda savlat to`kib o`tirganini? Ehtimol biror kishini kutayotgandir, balki xordiq chiqarayotgandir, nimadir xaqida o`ylayotgandir... lekin, vaqt xaqida o`ylamayotganligi aniq. Vaqt haqida o`ylaydigan odam, kimnidir kutib, hordiq chiqarib, boshqa narsani o`ylab o`tirib o`ylamaydi-ku. Demoqchi bo`lganim siz ko`rgan barcha o`rindiqlardagi yoshlar, kattalar, naqdlarini vaqtga qo`shqo`llab topshirib o`tirishibdi.
Keksa yoshdagilar bilan suhbatlashsangiz, vaqtning qanchalik tez suvratda o`tishini tasavvuringizga ham sig`dira olmaysiz. O`tgan umr, yoshlik, quvonch-u tashvishlar, xayot yo`lining past-balandligi, boring-ki hamma-hammasi birma-bir ko`z oldingizdan o`tadi. Men ham ulgurarmikinman, uddalay olarmikinman, degan fikr qamrab oladi. Aslida siz suhbatlashgan otaxon yoki onaxon kashf etgan umr daftarini undanda yuksakroq etib bajarishingiz mumkin. Bunday niyatga esa, vaqtingizni sovurmaslik yo`li bilan uddalay olasiz.
Ko`pchilikka malum bo`lgan bir odat bor. Kimnidir kutish yoki kuttirish. Ikkala odatning zamirida esa, vaqtning foyda tarozusi og`irlashib borishi, bizni esa (kutish yoki kuttirishimiz) xayotga yengil qarayotganimizdan dalolatdir. Vaqt esa o`tmoqda...
https://www.youtube.com/watch?v=sZyqyGclnOU
https://www.youtube.com/watch?v=Ly0LV8QcV0g
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10