oshiriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 5-
iyul kuni “Ish haqi, pensiyalar,
stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar
miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi
farmonni imzoladi. Matn: “Gazeta.uz” Foto: “Gazeta.uz” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 5-
iyul kuni “Ish haqi, pensiyalar,
stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar
miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi
farmonni imzoladi. Respublika aholisining daromadlari va
turmush darajasini yanada muttasil
oshirib borish hamda fuqarolarga
ijtimoiy madadni kuchaytirish
maqsadida qabul qilingan hujjatga
ko‘ra, 1-avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari
xodimlarining ish haqi, pensiyalar
hamda ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar
miqdori o‘rta hisobda 1,15 baravar
oshiriladi. 1-avgustidan boshlab O‘zbekiston
Respublikasi hududida eng kam: ish haqi — oyiga 72355 so‘m; yoshga doir pensiyalar va
bolalikdan nogironlarga
beriladigan nafaqa — oyiga 141
520 so‘m; zarur ish stajiga ega bo‘lmagan
keksa yoshdagi va mehnatga
layoqatsiz fuqarolarga beriladigan
nafaqa oyiga 86 835 so‘mni tashkil
qiladi. Ish haqiga qo‘shiladigan ustama va
qo‘shimcha haqlarning barcha turlari,
shuningdek, pensiyalar, ikki
yoshgacha bo‘lgan bolalarni
tarbiyalayotgan onalarga, bolali
oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan
belgilangan kompensatsiya va boshqa
to‘lovlar 1-avgustidan boshlab
Prezident farmonida belgilangan eng
kam ish haqi miqdoridan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi. Xo‘jalik hisobidagi korxona va
tashkilotlar 1-avgustidan boshlab
farmonda belgilangan eng kam ish
haqiga muvofiq, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish va mehnat
sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirishi belgilandi.( gazeta.uz )
#новости
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев