O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari “Qamchiq” tunneli orqali harakatlanishga birgalikda start berdi
China Railway Tunnel Group kompaniyasi raisi Yuy Baolin va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov Angren–Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li foydalanishga topshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-iyundagi “‘Angren–Pop’ elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining qurilishini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Qamchiq dovoni bo‘ylab uzunligi 123,1 kilometrni tashkil etadigan yangi temir yo‘l hamda ushbu loyiha doirasida uzunligi 19,2 kilometrdan iborat bo‘lgan temir yo‘l tunneli qurildi.
Mazkur ulkan qurilishni amalga oshirish maqsadida jami 1 milliard 633,7 million dollarlik mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda tunneldan tashqari ishlarni amalga oshirish uchun jami 810 million dollarlik mablag‘ o‘zlashtirildi.
Ushbu qurilish obyektida jami 43 million kub metr tuproq, 16,3 million kub metr burg‘ulash va portlatish ishlari bajarildi. Shuningdek, 285 sun’iy inshoot va suv o‘tkazish quvurlari, umumiy uzunligi 2,1 kilometr, o‘rtacha balandligi 25 metrni tashkil etuvchi 15 ta temir yo‘l ko‘prigi va oltita yo‘l o‘tkazgich, to‘rtta stansiya, to‘rtta razyezd va ikkita vokzal qurib bitkazildi. 124 kilometrlik temir yo‘l to‘liq elektrlashtirildi va ikkita nim tortish stansiyasi qurildi. Bundan tashqari, mazkur ulkan loyiha doirasida temiryo‘lchilar uchun o‘nga yaqin turar joy binolari ham barpo etildi.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ bilan Xitoy Xalq Respublikasining China Railway Tunnel Group kompaniyasi hamkorligida bunyod etilgan tunnel qurilishiga yo‘naltirilgan 455 million dollarlik mablag‘ to‘liq o‘zlashtirildi. Mazkur tunnel dunyo reytingida shu kabi tunnellar ro‘yxatida murakkabligi bo‘yicha sakkizinchi o‘rinni egallaydi.
Qurilish davrida 4 ming nafardan ziyod ishchi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, shundan 400 nafari muhandislardir. 600 ta maxsus texnikalardan unumli foydalanilganligi loyihani muddatidan ilgari, sifatli qilib nihoyasiga etkazishga omil bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, temir yo‘ldan foydalanish davrida 1,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
“Angren–Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘li Farg‘ona vodiysi viloyatlarini mamlakatning qolgan hududlari bilan bog‘lab, O‘zbekistonda yagona milliy temir yo‘l tizimini yaratish borasidagi rejalarni to‘liq amalga oshirishga zamin yaratdi. Tahlillarga ko‘ra, ushbu temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi yiliga 10 million tonna xalq xo‘jaligi yuklarini tashish, dastlabki yilda esa 600 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi.
Shu bilan birga, “Xitoy–Markaziy Osiyo–Yevropa” yangi xalqaro tranzit temir yo‘l koridorining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini bundan-da rivojlantirishga xizmat qil
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Нет комментариев