voqealar rivoji 13-qism
Kemal xonaga kirgach,
nogahon yerdagi bo'yoqlarga
urilib ketadi. Nihan kulib
yuboradi. Chunki bu holat
xotiralarni eslatib yuborgan
edi.
Kemal Nihanga ish taklifi bilan
kelgani haqida gaplashishadi.
Kemal endi ketmoqchi
bo'lganida ko'cha darvozasini
kimdir taqillatadi.
Nihan va Kemal darvozaga
ikkilangancha qarab qolishadi.
Tashqarida mashinaning
signali kela boshlaydi.
Tarik esa uyga qaragancha
hayron bo'ladi:
- Bu yerda necha kishi
yashaydi?
Tufan: - Janob Emir, uning
xotini hamda oila a'zolari.
Kemal ko'chaga chiqadi.
Emirning odamlari Kemalni
mashinasini u yoq buyog'iga
tegishayotgandi.
Kemal: - Ey oshna, eshikni sen
taqillatdingmi? Nima mashina
bo'yicha muammo bormi?
Kemal asta mashinasiga yoniga
keladi va pult orqali signalini
o'chiradi. So'ng sindirib
yuborilgan qismini qo'liga
oladi.
Kemal: - Kechirasizlar.
Emirning odami: -
Kechirilmaydi.
Kemal: - O'zlaringga muammo
qilmanglar.
Emirning odami Kemalni
qo'lidan ushlaydi. Kemal u bilan
yana gaplashayotganda,
qo'lida temir ko'targan
ikkinchi erkak unga tashlanadi.
Kemal chap berib qoladi va uni
bir urib yiqitadi. Emirning
odami Kemalga musht
tushuradi. Kemal ham unga
javob qaytaradi. Yiqilgan
ikkinchi erkak yana temirni
olayotganda, Kemal unga
"tashla" degancha temirni
bosib qoladi. Shu payt politsiya
kelib qoladi. Yigitlar qochib
ketadi. Nihan xavotirlangancha
yugurib keladi va undan
havotirlanganini aytadi. Kemal
esa sekin qo'lini Nihanning
qo'llaridan tortib oladi. Kemal
mashinasiga o'tirgancha u
yerdan ketadi.
Emir telefonda gaplashgach,
Tarikni yoniga chaqiradi.
Emir: - Xo'sh, oilangiz bormi?
Tarik: - Ha bo'lmasamchi
ollohga shukur, dadam onam
borlar. Bitta ukam hamda
singlim bor.
Emir Tufanga ma'noli qaraydi.
Emir Tarikdan biroz
ma'lumotlarni bilgach, unga
ertaga kelishini aytadi. Tufan
ham uni ertadan ishga
kelaverishini aytib, uni kuzatib
qo'yadi.
Emir xonasida turadi va Tufan
kirib keladi. Emir Tufanga
topshiriq bergach chiqib
ketadi.
Onder va Vildan Emir
saqlayotgan video haqida
gaplashishadi. Shu payt Onder
Emir videoni o'chirib
tashlaganini eslaydi. So'ng uni
nusxalab olgan deb o'ylaydi.
Ozan xonasida kino ko'rib
o'tiradi. Salih va Zeynep kofeda
o'tirishadi. Zeynep ketmoqchi
bo'ladi, lekin Salih uni to'xtatib
qoladi. Shu payt Zeynepning
telefoniga SMS keladi. Zeynep
xabarni Semadan kelgan deb
Salihni aldaydi. Xabarga javob
kelmaganiga chidolmagan
Ozan Zeynepga qo'ng'iroq
qiladi. Zeynep Salihga oyisi
telefon qilayotganini aytib, uni
aldaydi va to'lov qilib qo'yishini
so'rab ketadi.
Ozan va Zeynep telefonda
gaplashishadi. Ozan Zeynep
bilan uchrashmoqchi
ekanligini aytadi. Zeynep
telefonini o'chirib ichkaridan
endi chiqayotsa, Salih uni
qo'rqitib yuboradi.
Zeynep: - Salih, sen meni
qo'rqitib yubordingiz. Nima
gapimni
eshitayotganmidingiz?
Salih: - Yo'q atirgulim. Sen
chiqmaganingga men shu
yerda kutayotgandim.
Zeynep: - Mayli, men ketdim.
Salih: - Balkim piyoda
gaplashib ketarmiz?
Zeynep: - Eee yo'q Salih. Yo'lda
akamlar uchrab qolishi
mumkin. Boshimga tashvish
ortirishni xoxlamayman.
Kemal va Tarik birinma-ketin
uyga kelishadi. Kemalning oyisi
va dadasi TVdagi intervyusini
maqtaydi. Tarik yo'lda
ovqatlanganini aytib, endi
xonasiga ketayotsa, Zeynep
kirib keladi.
U ham akasi Kemalni TVda
xuddi yulduzlardek chiqqanini
aytib maqtaydi. Oila davrasida
ishlar va boshqa narsalar
haqida gaplashishayotganda
Tarik yana hafa bo'lganday
oilasidagilarga hayrli tun tilab
xonasiga kirib keladi.
Nihan uyga keladi. U Kemal
kelganini aytadi.
Nihan: - Kemal bugun ish taklifi
bilan kelibdi?
Emir: - O sen uni qabul
qildingmi?
Nihan: - O'ylab ko'rishimni
aytdim.
Emir: - Sen bu odam bilan
birga ishlamaysan
tushunarlimi jonim?
Nihan: - Siz meni ishimga
aralasholmaysiz.
Emir Nihanning ishlashiga
qarshi ekanini aytadi. So'ng,
ketadi va xonasiga kiradi.
Nihan ham Emirning oldiga
kiradi va ishlashiga qarshi
chiqmasligini aytadi.
Nihan: - Men ertadan Janob
Kemalning ofisida ish
boshlayman.
Emir: - Men bunga ruhsat
bermayman.
Nihan: - Men esa ruhsat
berishingizni so'ramayman.
Nihan esa Emirga ishlariga
aralashmaslikka so'z berganini
eslatadi.
5 Yil avval:
Nihan Ozanni boshini
silagancha yig'lardi.
Emir: - Nihan ichkarida senga
gapim bor.
Nihan ichkariga kirgach
yig'lagancha:
- Men bunga ishonmayman...
Men bunga ishonmayman...
Ermi: - Nihan tinchlan, tinchlan.
Nihan: - Mening ukam odam
o'ldirdi. Mening ukam o'ldirdi.
Emir: - Tinchlan Nihan. Kel bu
yerga o'tir. Biz gaplashib
olishimiz kerak. Biz Ozanni
qutqarib qolishimiz mumkin.
Bu hammasi sening qo'lingda.
Nihan o'zini yig'lashdan
to'xtata olmasdi. Shu payt
Vildan ularning oldiga kiradi:
- Nihan, iltimos Emirga quloq
sol.
Emir: - Agar sen mening
taklifimni qabul qilsang...
Nihan: - Emir u odam o'ldirdi.
Mening ukam odam o'ldirdi. Bu
qanaqasi Emir. Qanaqa taklif?
U o'ldirdi. O'ldirdi. Oyi... Ey
olloh, olloh, olloh. Bu qanday
balo bo'ldi?
Emir: - Bu baloni men
to'xtatishim mumkin. Sen meni
taklifimni qabul qilsang.
Politsiya ushbu tun haqida
hechnimani bilmaydi. Hechkim
hechqachon Ozan odam
o'ldirganini isbotlay olmaydi.
Sen mening xotinim bo'lsang
Nihan. Va men sening
egizagingni hayotini qutqarib
qolaman.
Emir Nihanga ishlamasligini
aytib do'q qiladi. Nihan esa
unga xo'jayin emasligini va
ishlashini aytadi.
Leyla jurnal o'qib o'tirsa, uning
yoniga Kemal keladi. Ular
gaplashib turishganda pastda
kimdir yashirincha ularni
rasmga oladi. Kemal Leyla bilan
gaplashib bo'lgach ketadi.
Vildan va Onder Emir haqida
baxslashib qolishadi. Onder
qaytib Emirning qo'lida
o'yinchoq bo'lishini
xoxlamasligini aytadi. Buning
uchun bir ish qilmoqchiligini
aytadi.
Tufan xonada o'tirgan Emirga
Kemal va Leylaning sur'atlarini
olib keladi.
Zeynep va Sema yo'lda
ketishayotganda, Zeynep Janob
Fetixga qo'ng'iroq qiladi va
ishga kirganidan hursand
bo'lib ketadi.
Zeynep va Sema otasining
sartaroshxonasi yonidan o'tib
ketashadi va Xuseynga qo'lini
siltab o'tib ketadi.
Tarik ustarani ochib uni
ishlatmoqchi bo'ladi.
Xuseyn: - Tarik nima qilyapsan.
Unga tegma. Uni qaytarib
bervoramiz. Sen nima
qilyapsan?
Tarik: - Quvvatlamoqchiman
dada.
Xuseyn: - Kechagina buni
kerakmas deb Kemal bilan
janjallashayotgandingu.
Tarik: - Kecha bu kecha, bugun
esa bugun.
Xuseyn: - G'alati gaplar
gapirasanda.
Tarik: - U aytdiku. Bu yangi
mijozlar ko'payishiga yordam
beradi deb.
Kemal ofisga keladi va
nogahon nazari Nihanga
tushadi. Kemal uning yoniga
asta boradi.
- Hayrli Tong!
Nihan o'z jamoasi bilan ish
boshlaganini aytadi. Ular
gaplashib turishsa, tepada Asu
ularni kuzatib turadi.
Asu Kemal bilan gaplashadi.
Kemal esa unga xonada
gaplashishini aytib, ichkariga
kirib ketishadi.
Asu: - Zumbuldakda huddi bir
oiladek yashardik. Bu yerga
kelgach sen o'zgarding.
Hattoki oilang bilan ham
tanishtirmading.
Kemal onasiga qo'ng'iroq
qiladi:
- Oyi kechga tayyor bo'lib
turing. Uyga mehmon olib
boraman. Asu, mening
Zumbuldakdagi eng yaqin
do'stim.
Fexime: - Haaa, kelinglar. Men
albatta tayyorgarlik ko'rib
turaman.
Kemal: - Yaxshi oyi. Kechga
ko'rishamiz.
Fexime: - Ho'p o'g'lim
ko'rishguncha.
Fexime hursand bo'lib ketadi.
"Mening kelinim keladi" deya
hursand bo'ladi.
Emir va boshqa xodimlar
ofisda yig'ilishadi. Emir
jazmaniga kechga vaqti
bo'shligini aytadi. Onder esa
buni kuzatib jaxli chiqadi.
Tufan bir reja bilan
tanishtirmoqchi bo'lganida,
Onder dori ichib olishi
kerakligini, dori xonasida qolib
ketganini aytib chiqib ketadi.
Emir esa unga shubxali qarab
qoladi. Onder tezda Emirning
xonasiga kiradi. U yerda
hujjatlar va ma'lumotlarni
titkilay boshlaydi. So'ng, Kemal
va Leylaning sur'atlarini topib
oladi. Emir esa bezovtalana
boshlaydi. So'ng u ham
xonadan chiqib ketadi.
Onder esa Emirning
kompyuterini titkilashga
tushadi. Emir esa asta xonaga
yaqinlashayotgan edi... ok.ru/uzbechkan1
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1