Ko'zim to'la jiqqa yoshman,
Sog'inch bergan ozoridan,
Dunyo tilab ketdim yiroq,
Yaqinlarim diydoridan.
O'ylagandim yiroqlarda,
Bo'larmidim baxti bekam.
Afsus go'yo yilday o'tar,
Xar soniya, xar daqiqam.
Sho'x qizimning sho'xliklari,
Tushlarimga kirib chiqar,
Bildirmayman hamxonamga,
Ko'zdan yoshim sizib chiqar.
Ko'xlikkinam bu kecha xam,
Yo'lim poylab kutdimikan,
"Kelmadiku dadam" desa,
Yorim g'amlar yutdimikan.
O'zga yurtda tashvish emas,
Qiynayapti sog'inch dardi.
Erka o'g'lim piyolada,
Choyini xam ilinardi.
Deyman goxo xovlimizda,
Olma, o'rik g'arq pishgandir,
O'zga yurtning bollari xam,
Tuyuladi go'yo taxir.
Yodga tushar opam, singlim,
Mexr to'la quchorlari,
Sog'inadi sodda ko'nglim,
Yana tandir o'choqlarni.
Eslatadi menga ular,
Singiljonim taftlarini.
Duo qilgan bedor tunlar,
Munis onam kaftlarini.
Qo'llarimga neki bo'lsa,
Tutqazardi topganlarin.
Gox qumsayman tong saxarlar,
Tandirda non yopganlarin.
Ezib borar yuragimni,
Sizsiz o'tgan xar bir sana.
Qaylardasiz yaqinlarim,
Diydor nasib etsin yana.
Tushundimda asli farzim,
Labbay demoq so'rog'inga.
Alishmayman dunyolarni,
Vatan bir kaft tuprog'inga.
Istanbuldan Ibrohimnon
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев