Shodlik, Qayg’u, Bilim va boshqalar... Sevgi ham u yerda ekan. Bir kuni orol suvga ko’milayotganligi haqida xabar kelibdi. Shuning uchun hamma orolni tark etish maqsadida qayiqlarlarini tayyorlay boshlabdi. Sevgi orolda qolgan eng so’nggi tuyg’u ekan. Chunki u mumkin bo’lgan eng so’ngi onga qadar kutmoqchi bo’libdi. Orol butunlay suvga botib ketar chog’ida boshqa chorasi qolmaganligi uchun Sevgi yordamga chaqira boshlabdi. Boylik juda katta bir kemada ekan. “Boylik, meni yoningga olasanmi?” – deb so’rabdi Sevgi. “Yo’q” – debdi Boylik, “Ololmayman, kemamda juda ko’p oltin va kumushlar bor. Senga joy qolmadi.” Sevgi juda chiroyli bir yelkanli qayiqdagi Kibrdan yordam so’rabdi: “Kibr, iltimos, menga yordam ber!” “Senga yordam bera olmayman, Sen, shalabbo bo’lib yotibsan va yelkanlarimni bulg’ashing mumkin”. Qayg’u ham shu yaqinlarda ekan. Sevgi unga yuzlanibdi: “Qayg’u sen bilan ketay...”“Uff...shu qadar o'zimni yomon his etyapmanki, yolg’iz qolmoqchiman”. Shodlik ham uning yonidan o’tibdi, ammo shu qadar shod-xurram ekanki, Sevgining chaqirganini eshitmabdi ham... Shunda Sevgi bir ovozni eshitibdi: “Kel Sevgi! Seni yonimga olaman”. Gapirgan Sevgidan ancha yoshi ulug’ kishi ekan. Sevgi o’zini shu qadar omadli va baxtli his etibdi-ki, uni o’z yoniga olgan kishining kim ekanligini so’rash yodidan ko’tarilibdi.Yangi bir quruqlik parchasiga yetganlarida, Sevgini qutqargan kishi o’z yo’lida davom etibdi... Undan qanchalar qarzdor bo’lib qolganligini sezgan Sevgi Bilimdan so’rabdi: “Menga yordam bergan kim edi?” “U Vaqt edi”,- deb javob beribdi Bilim. “Vaqt-mi? U nega menga yordam berdi?” Bilim jilmayibdi: “Chunki faqat Vaqtgina sening naqadar buyuk ekanligingni tushunib, qadringni bila oladi...”
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2