Bahrom yoshligidan aqlli
bola bo‘lib ulg‘aydi. U huquq
sohasiga qiziqar, sud ishi
bilan bog‘liq kinolarni miriqib
tomosha qilardi. Maktabni
a’lo baholar bilan tugatgach, oliy o‘quv
yurtiga imtihon topshirish maqsadida
poytaxtga yo‘l oldi. Kirish anchagina
qiyin bo‘lsa ham yaxshi niyat bilan
Yuridik institutiga hujjat topshirdi.
Nihoyat niyatiga yetdi hisob, endi test
sinovi javoblarini kutish qoldi. Ko‘ngli
sezib turibdi: o‘qishga kiradi!
Kutilgan kun etib keldi. Bahrom
shartnoma bilan o‘qishga qabul
qilinganini ko‘rib, o‘zida yo‘q quvonib
ketdi. Mayli-da, odamlar shunga ham
ilingani yo‘q…
– Ayajon, dadajon, meni tabriklang,
o‘qishga kirdim!
Sharifa xola o‘g‘lini quchoqlab,
peshonasidan o‘pdi:
– Tabriklayman o‘g‘lim, boshing toshdan
bo‘lsin.
– Barakalla, ota o‘g‘il! – o‘g‘lini
quchoqlab bag‘riga bosdi Bahodir aka.
– Faqat shartnoma asosida, dada…
– Bo‘laveradi, shunisiga ham shukur.
Eng asosiysi – kiribsan-ku, o‘g‘lim! Bu
institutga kirish deganlari oson ish
emas.
O‘sha kuni ularning xursandchiliklari
to‘yga aylanib ketdi. Otasi Bahodir aka
qo‘y etaklab chiqib so‘ydi. Uch-to‘rt kun
davomida uylaridan odam arimadi. Har
kuni Bahromning o‘rtoqlari kelib uni
tabriklashar edi. Bu quvonchga ayrim
do‘stlari havas, ayrimlari xasad bilan
qarab chiqib ketardilar.
Shunday katta joylarga o‘qishga
kiribsan, tabriklaymiz, o‘rtoq. Katta
odam bo‘lib ketsang, bizni unutib
yuborma, ishqilib, – dedi maktab
paytida yaxshi chiqisha olmaydigan
sinfdoshlaridan biri soxta samimiylik
bilan.
Shu tariqa bir hafta davomida goh u,
goh bu o‘rtog‘i kelib Bahromni
xursandchilik bilan qutlardi. Shunday
bo‘lsa ham uning ko‘ngli g‘ash edi.
Chunki, yoshligidan birga katta bo‘lgan
chin do‘sti O‘tkirdan darak yo‘q. U tijorat
ishi bilan chet elga ketgan ekan. Ikki-
uch oydan keyin kelib qolarmish.
Sentyabr oyi yaqinlashib, o‘quv
yurtlarida darslar boshlandi. Bahrom
ota-onasidan oq fotiha olib Toshkentga
jo‘nab ketdi. U poytaxtga kelib,
yotoqxonaga joylashdi. O‘zi bilan
tengdosh bolalar bilan tanishdi.
Dastlabki kunlarda uni bir oz hayajon
bosdi, so‘ng hammasi iziga tushib ketdi.
Talabalikka o‘rganib qoldi.
Bir kuni dars tugaganidan so‘ng,
yotoqxonada dars qilib o‘tirsa, navbatchi
kelib:
– Birinchi bosqichdagi Usmonov
Bahrommisiz?
– Ha.
– Sizni so‘rab kelishdi.
O‘tkir chet eldan qaytgach, Bahromning
o‘qishga kirganligini eshitdi. Uyiga
borganida ko‘risha olmagani uchun o‘zi
Toshkentga kelgan edi.
– Sudya janoblari, qalaysan endi, – deya
xazillashib quchoq ochdi O‘tkir.
– Ishlaring yaxshimi, do‘stim, –
kulimsirab so‘rashdi Bahrom.
– Rahmat, tuzuk.
– Yur, yaxshisi, biror holiroq joyda
o‘tirib gaplashamiz, – dedi O‘tkir
Bahromning yelkasidan quchib.
Ular oliygohga yaqin bo‘lgan kafeda
anchagacha suhbatlashib o‘tirishdi.
– Mayli, do‘stim, sening ham vaqtingni
olmay, – dedi O‘tkir o‘rnidan turib.
– Bo‘pti, O‘tkir… Ta’tilda borganimda
gaplasharmiz, – Bahrom do‘stini kuzatib
qo‘ydi.
… Kunlar tez o‘tib, sessiyalar boshlanib
ketdi. Imtihonlar tugab, uyga ketishga
ruxsat berildi. Bahrom uyga
bormaslikka qaror qildi, negaki, yaqinda
yana shartnoma pulini to‘laydigan vaqt
keladi. Ota-onasi buni qiynalib
qolishmasin deb, uyidagilarga yordam
bermoqchi bo‘ldi. Uyiga xat yozib,
ta’tilda bora olmasligini aytdi. Bahrom
biror ish topish uchun bozorga yo‘l oldi.
Darvoza oldidagi avtomobil to‘xtash
joyida nima qilishini bilmay to‘xtab qoldi.
Shu payt qop-qora «MERCEDES»dan
tushgan o‘ziga bino qo‘ygan yigit
Bahromning oldiga keldi.
– Ukam, stoyankachimisan?
– Yo‘g‘e, aka…
– Bu o‘rtada mashina yuvadigan
bolalardan yo‘qmi?
Bahrom o‘ylab qoldi: «Shu mashinani
o‘zim yuvib bersam-chi?!»
– Siz bozor qilib chiqavering, men
ungacha yuvib qo‘yaman, – dedi
shosha-pisha yigitga qarab.
– Xorosho, tozalab yuvgin, ukam, – u
shunday degancha bozorga kirib ketdi.
Bahrom yugurib bozorga kirib, ikki
quloch doka, mochalka, sovun,
poroshok va chelak bilan qaytib chiqdi.
Elkasidagi sport sumkasini bir chetga
qo‘yib, ishga tushib ketdi. Mashina
yangidek bo‘lib qoldi. Bozordan qaytgan
mashinaning egasi yuklarini bagajga
joylagach, mashinani aylanib, tozaligini
tekshirdi.
– Yaxshi, ukam, zo‘r, – deb
cho‘ntagidan anchagina pul olib uzatdi.
– Rahmat.
Bahrom pulni changallagancha
uzoqlashayotgan mashina orqasidan
qarab qoldi.
– Bo‘shmisan, jiyan?
Bahrom ovoz kelgan tomonga qaradi.
Yoshi kattaroq kishi unga qarab turardi.
– Bozor qilib chiqqunimcha shu
«arava»ni yuvib qo‘y, – dedi u qizil
«Tiko»ga ishora qilib.
– Bo‘pti, amaki, – dedi Bahrom quvonib.
Shunday qilib, kechgacha anchagina
mashinani «moyka»dan chiqardi. Bozor
tarqagach, narsalarini yig‘ishtirdi.
Pullarini sanagan edi, o‘zi o‘ylaganidan
ham ko‘proq ekan. Quvonganidan
ko‘zlariga yosh qalqidi. Bu uning
peshona teri evaziga erishgan pullari
edi.
Bahrom bir xonadondan ijaraga turish
uchun joy topdi. Ertasiga tongda turib
ishini davom ettirish uchun otlandi. Shu
tariqa ta’til tugab, o‘qishga
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев