Yarim tun. Qiz telefon
ovozidan
chöchib,
uyg'onib ketdi va göshakni
kötardi. "Allo?" dedi
qiz. Örtada jimlik. . . . "Allo" dedi
takroran va
"Salom, yolg'izim" degan javobni
oldi. Ohhh. . .
Bu jarangdor va qadrdon ovozni
eshitganidan u
juda hayratda va quvonchda edi.
Qiz na javob
berishini, na jim turishini bilardi. -
Qalaysan,
yolg'izim? Sog'lig'ing yaxshimi?
Meni
sog'indingmi? Men seni juda
sog'indim. -Unda
nega qöng'iroq qilmadingiz? Men
sizni kutdim. . .
-Meni kechir. Men baxtimdan
qochdim.
Mas'uliyatsizligimdan köp
qiynaldim. Jonim, kel
boshqatdan hammasini
boshlaymiz. Yodingdami,
biz kezgan xiyobonlar? Birga qöl
ushlashib yurgan
damlarimiz? Seni doim katta
hovuz oldida kutar
edim. Kelganingda, hovuzga
termulib, niyat
qilardik. Nega jimsan?
Uzoqroqdan qizning unsiz
yig'lashlari eshtilardi. -Qöy
yig'lama Azizam. Kel
boshidan boshlaymiz barchasini.
Yoki köngling
mendan qoldimi? -Yöööq. . . -
Mendan xafamisan,
tashlab ketganim uchun? -
Yöööq. . . -Meni endi
sevmay qöydingmi? Qiz javobni
aytganini özi
ham bilmay qoldi. -Yöq unday
emas. -Unda
hayotimizni boshqatdan
boshlaymiz.
Yodingdami, seni "Yurakcham"
derdim.
Yurakcham, endi seni hech
qachon tashlab
ketmayman. -Iltimooos. . . Yigit
qizni gapini
böladi. - Doim oldingda bölaman,
Hayotim. -Meni
eshiting! Yigit uning gapini yana
böldi: -Senga
faqat baxtli onlarni taqdim
etaman. Kel
Yurakcham, faqat yöq dema. . . ! -
Ilojim yöq
meni. -Nega? - Endi kech! - Nima
uchun
Farishtam? ? ? - Men turmushga
chiqdim.... Yana
jimlik chökdi örtaga. Endi har ikki
tarafdan unsiz
yig'i eshitilardi... Yigitning
"yurakcha"si endi
boshqa birovga tegishli edi..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1