Umr o'tmoqdadir, oqar suv kabi,
Qachongacha yurakka g'amni tashaymiz.
Bir kunga bo'lmasa bir soatga ham
Qachon o'zimiz deb, dildan yashaymiz.
Yugurib yelib ham muammo bisyor,
Kimga nohaqligu, kimga omad yor,
Bermasdan dillarga ozgina ozor,
Qachon o'zimiz deb, dildan yashaymiz.
Ro'zg'or g'or,tashvish ish kamaygan qachon,
Qo'y yurak,yig'lama, sen ham baxtdan yon,
Shukur qil bugunga,tiriksan quvon,
Qachon o'zimiz deb, dildan yashaymiz.
Bola katta bo'lib kami to'lmagan,
Qaysi uy urushsiz, g'amsiz bo'lmagan.
Inson temir emas, kuyib o'lmagan,
Qachon o'zimiz deb, dildan yashaymiz.
Baland tom uylaring qoladi bekor,
Oqibat yig'laydi ko'chalarda xor,
Yoshlik o'tib ketdi,bo'ldik endi zor,
Qachon o'zimiz deb, dildan yashaymiz.
Yosh turib asabi chatoq hammani,
G'avg'olar achitar, sho'rlik kallani,
Tinchini buzmagin yurt mahallani
Qachon o'zimiz deb, dildan yashaymiz.
Kim g'amsiz, yalloda yuribdi vajang,
Ish bitmas porasiz, bo'lasan tajang,
Yurak aql bilan qilar hanuz jang
Qachon o'zimiz deb, dildan yashaymiz.
Umr bu insonga berilgan ne'mat,
Yurakka bermagin ortiqcha zahmat.
Desinlar jilmayib hayotga rahmat
Bugundan o'zimizni sevib yashaymiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2