Предыдущая публикация
Faqat hayol surgim keladi.
Yuragimni bosadi g'amlar,
Seni juda ko'rgim keladi...
Bu holimga tushunolmasdan,
O'z ustimdan kulgim keladi.
Hayolimdan qutulolmasdan,
Seni juda ko'rgim keladi...
Ba'zan sig'may qolaman yerga,
Osmonlarda bo'lgim keladi.
Dardlarimni to'kaman she'rga,
Seni juda ko'rgim keladi...
Ko'zlaringga termulib uzoq,
Shirin suhbat qurgim keladi.
Qiyin ekan umidni uzmoq.
Seni juda-juda ko'rgim keladi . . .
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев