Jon qizim uyg'ongin ko'zlaringni och.
Quyoshni nuriga to'ymagan qizim.
Kimdandur izladim topolmay iloj.
Qo'larim duoda yumilgan ko'zim.
Uxlama yeg'lagin dunyoni uyg'ot.
Vayrona kulbamni qilsangchi obot.
Yuragim zor qiynab ketarsan naxot
Quyoshni nuriga to'ymagan qizim..
Qaragin bu hayot ravo ko'rmadi.
Dadajon diyishing nasib etmadi.
Diydorin to'yishga vaxtim yetmadi.
Quyoshni nuriga to'ymagan qizim..
Eyy voh bu dardlarni ko'mib qabirga.
Malham izlarmidim yurak dardiga.
Jajji qo'ling tutib ketsaydim birga.
Quyoshni nuriga to'ymagan qizim.
Nokas ham razil ham yashagan joyda.
Afsus Sen uchun joy topilmada.
Balki o'ynab yurarsan Olloh oldida.
Quyoshni nuriga to'ymagan qizim.
Qaragin qor yog'di ko'rolmading ham.
Nima bu dada deb so'rolmading ham.
Man uchun birgina qiladi alam.
Quyoshni nuriga to'ymagan qizim.
Qalbida dardini aytmagan qizim.
Osmonga zorlanib yuzlandi yuzim.
Tikonlar zor qaqshar bosganda izim.
Quyoshni nuriga to'ymagan qizim..
https://vk.cc/4VTxip и вводи код Qei8C - сразу получишь бонус на счет!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев