Qo’limdan yetaklab so’z degan san’at,
Kuch baxshida etdi menga she’riyat,
Bugun shukronani qilgumdir da’vat,
Olloh nasib etgan baxtim sheriyat,
Yuragimda yongan axtim she’riyat!
Sen kelding dilimda hamisha bahor,
Ko’ngil bog’larida topilmas g’ubor,
Yurakda o’zgacha muhabbatim bor.
Shavkatim shuhratim shonim she’riyat,
Senga fido bo’lsin jonim she’riyat!
Gohida g’am cheksam panohim o’zing,
Sirdoshim o’rtog’im va ohim o’zing,
Ba’zan nohaq aytsang gunohim o’zing,
Yondirgan kuydirgan borim she’riyat,
Topingan g’ururim orim she’riyat!
Sen sabab vatanni kuylashga shayman,
Sen borsan doimo yonib yashayman,
Shoira Zulfiyaxon momomlarga
o’xshayman,
Tuyg’udan tug’ilgan tilim she’riyat,
Ko’nglim yaprog’isan gulim she’riyat!
Kuyganda kuyasan, kulsam kulasan,
Shodlansam meningdek baxtga to’lasan.
Vujudim titratgan ilhom bo’lasan
Ko’zim qarog’ida asrayman seni,
She’riyat hech qachon tark etma meni!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
https://t.me/Jinsiyrohat https://t.me/Jinsiyrohat https://t.me/Jinsiyrohat