Nafsi qo`ymas deydilar.
Nokas o`zi to`ysa ham,
Ko`zi to`ymas deydilar.
Boq bir yorug` olamga,
Kimlar zo`rg`a kun ko`rar.
Odamlar bor, bog`dagi,
Bulbuldan ham pul so`rar.
Yolg`on dunyo bu dunyo,
Arzon dunyo bu dunyo.
Ne-ne hokim, beklardan,
Qolgan dunyo bu dunyo.
Kiprikdan ham qisqadir,
Molu dunyo yo`llari.
Ibrat bo`lsin Iskandar,
Ochiq ketgan qo`llari.
Uzat deysan, ber deysan,
Hech qo`ymading odamzod.
Tuya to`ydi, fil to`ydi,
Sen to`ymading, odamzod.
Shukr qilar hattoki,
Qumursqa-parrandalar.
Shukr deysan sen qachon,
Xom sut emgan bandalar?..
Bu uch kunlik dunyoda,
Savlatigga kerilma.
Qasr qurma, bog` qoldir,
Davlatingga kerilma.
O`z elingni qaqshatsang,
Xor bo`lasan o`zing ham.
Bir kun shu el mehriga,
Zor bo`lasan o`zing ham...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев