jondan
(Odamdan) yaratdi va u orom osoyish topsin,
deb uning o’zidan juftini vujudga keltirdi”.
(A’rof,189) Ayol – Alloh nuri
Alloh taolo birinchi ayol – Havvoni erkak, ya’ni
Odamning qovurg’asidan yaratgan. Men bu
holatdan ham bir ilohiy hikmat tuyaman. Inson
tanasini qovurg’asidan ajratib bo’lmaganiday,
erkakni ham ayoldan ayirish juda qiyin! Alloh taolo insoniyat silsilasini davom ettirish uchun
ayolga onalik baxtini, imkonini bergan. Ayol
erkak uchun lazzatli hayot va taskin, osoyishtalik
timsoliga aylangan. Qur’oni karimda shunday
deyilgan:
“Alloh shundayin zotki, Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi va u orom osoyish topsin, deb
uning o’zidan juftini vujudga keltirdi”. (A’rof,189)
Yana Qur’oni majidda shunday deyiladi: “Ular
(ayollar) Sizlarning libosingiz. Sizlar ular uchun
libossiz (ya’ni, er-xotin bir-biriga kishi libosga
muhtoj bo’lgani kabi muhtojdirlar)”.(Baqara,187) Insoniyatning oxirgi Payg’ambari Muhammad
alayhissalom ayol nomini ulug’lash, uning
sha’nini ko’tarish, xotin-qizlarning huquqini
belgilab berishda faqat Islom ummatigagina
emas, balki kishilik jamiyatiga ibrat va namuna
bo’lib kelyaptilar. U zotdan rivoyat qilingan hadisni bir eslang: “O‘z xotiniga mehr-shafqatli
bo’lgan kishilar oralaringizdagi eng yaxshi
kishilardir”. Payg’ambar alayhissalomdan
«Nimani yaxshi ko’rasiz?» deb so’rashganida:
«Ayolni, xushbo’y narsalarni va namozni», deb
javob qaytarganlar. Buni shoir chiroyli satrlarga shunday muhrlagan: Xotin-qizlar, xushbo’ylar
mehri,
Bu dunyoda dilga bo’ldi jo.
Ko’nglim xushi, ko’zim qorasi,
Dil yupanchi namozda ammo. Payg’ambar
alayhissalomning ayollari ham u zotga nisbatan cheksiz hurmat, sadoqat, itoat,
muhabbat namunalarini ko’rsatishdi. Birinchi
zavjalari Xadichai Kubro qabilaning eng baobro’,
badavlat, nasabli va go’zal ayollaridan edi. Bu
oqila ayol Muhammad alayhissalomning to’g’ri
so’z, halol, xushhulq va rostgo’yliklari tufayli o’zi sovchi qo’yib, u zotga turmushga chiqdi. Butun
boyligini, mehr-muruvvatini qo’sh-qo’llab tutdi. U
zotning Islom dinini yoyish yo’lidagi mashaqqat-
azoblariga sherik bo’ldi, qiyin kunlarda yupanch,
dalda berdi, chinakam safdosh va sirdosh bo’ldi.
Kenja zavjalari hazrati Oisha (r.a.) Payg’ambar alayhissalomdan eng ko’p rivoyat qilgan
safdoshlaridan bo’ldilar. U zotning ko’rsatma va
da’vatlarini Islom ummatiga yoyishda eng ko’p
jonbozlik qildilar. Payg’ambar alayhissalomning
qizlari Fotimai Zahro ham imom Hasan va
Husaynlarday tabarruk insonlarni hayot bergan, tarbiyalagan eng oliyjanob ayol sifatida tarix qatlariga muhrlanganlar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев