Ma’lumki, joriy yilning 5-12 fevral kunlari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ma’muriyati, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi vakillaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lishdi. Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad – bu mamlakatda o‘qish, ish yuzasidan bo‘lib turgan yurtimiz fuqarolarining yashash va mehnat sharoitlarini o‘rganish, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘qotib yoki boshqa sabablar bilan qiyin ahvolga tushib qolgan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj vatandoshlarimizga amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgandi. Nufuzli delegatsiya tarkibida qatnashgan Toshkent shahar IIBB HPB boshlig‘ining o‘rinbosari Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Shirin Normatova ham sayyor qabullarda faol ishtirok etib, bu kabi masalalarni o‘rganib, tegishli taklif va yordami bilan ko‘plab fuqarolarimizning muammolariga yechim topishiga hissa qo‘shdi. Delegatsiya vakillarining sa’y-harakatlari bilan 11nafar yurtdoshlarimizga aviachiptalar olib berildi, fuqarolik pasportlarini yo‘qotganlarga “Vatanga qaytish sertifikatlari” rasmiylashtirilib, ular yurtimizga qaytarildi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.
© Oila va xotin-qizlar qo'mitasi ( https://t.me/davlatqomita )
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев