Yigʻilishda S. Xudoyqulov tomonidan internetdagi maʼlumotlar bilan ishlashda axborot xavfsizligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Kibermadaniyatni yuksaltirishning dolzarb ahamiyati haqida soʻz bordi.
Rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari asrida sodir etilayotgan jinoyatlar orasida internet va kompyuter bilan bogʻliq holatlar nisbati keskin oshib ketayotgani taʼkidlab oʻtildi.
Shu sababli kiberjinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashishda barcha fuqarolarimizda “kibergigiyena”ni shakllantirish zarurligi va bu borada hamkorlikda ish olib borish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Tadbir davomida mavzu doirasidagi savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
© Sport vazirligi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев