professional kishilar
guruhi 4 yoshdan 8
yoshgacha bölgan
bolalar örtasida
"Sevgining ma'nosi nima?" mavzusida
sörov ötkazishdi. Ba'zi
javoblarni öqigan
kishining yuziga
tabassum yugursa,
ba'zi javoblar chuqurroq öylashga
undaydi. Hatto kattalar
tasavvur qilmaydigan
javoblar ham uchradi.
Ularning ayrimlarini siz
ham öqing va öylang:
1. “Buvimning qöllarida
artrit paydo bölganidan
söng u bög'imlarini
qimirlata olmasdan,
oyoq tirnoqlariga lak
surtolmay qoldi. Bu ishni buvim uchun har
doim buvam qilardi,
toki uning ham
qöllarida artrit paydo
bölgunicha. Mana shu -
sevgi" ,- Rebecca, 8 yosh.
2. Kimdir seni sevsa, u
ismingni hammadan
boshqacharoq aytadi.
Sen ismingni uning
tilida xuddi qöriqlanayotgandek his
qilasan.” Billy – 4 yosh.
3. “Sevgi shunaqa, avval
biron qiz öziga atir,
yigit esa adikalon
sepadi, keyin ular aylangani borib, bir-
birini hidlashadi” -Karl,
5 yosh.
4. “Sevgi bu xafsalang
pir bölganida ham seni
jilmayishga majbur qiladigan - nimadir”, -
Terri, 4 yosh.
5. “Sevgi bu oyimning
dadam uchun qahva
tayyorlaganida har gal
uni dadamga berishdan oldin haddan tashqari
qaynoq emasligiga
ishonch hosil qilish
uchun xöplab körishi.”,
- Danny, 7 yosh.
6. “Agar sevishni chuqurroq
örganmoqchi bölsang,
buni sen
nafratlanadigan
dösting bilan
boshlashing kerak”,- Nikka, 6 yosh.
7. “Sevgi bu biror
bolaga senga uning
köylagi yoqqanligini
aytishing va keyin u
shu köylakni har kuni kiyishi” ,- Noelle, 7
yosh.
8. “Pianina
chalishimdan oldin
sahnada turganimda,
nimalardandir juda qörqdim. Sahnadan
meni tomosha qilib
turgan hamma
odamlarga bir-bir qarab
chiqdim va ular orasida
menga jilmayib, hayajon bilan qarab
turgan dadamni
kördim. Shuncha odam
ichida faqatgina u -
xuddi mendek
hayajonlanayotgandi. Shundan söng men
boshqa hech narsadan
qörqmadim” - Cindy, 8
yosh.
9. “Oyijonim meni
hammadan köproq sevadi. Yoki siz tunda
meni uxlashim
uchungina öpib
qöyadigan boshqa
biron kimni
körganmisiz?”,- Clare, 6 yosh.
10. “Sevgi bu oyimning
dadamga qovurilgan
jöjaning eng yaxshi
joyini berishi”,- Elaine,
5 yosh.
11. “Sevgi bu oyimning
dadamni semirib
ketayotganini bilsa
ham, unga Tom
Kruzdan köra
kelishganroq ekanligini aytishi.” Chris – 7 yosh.
12. “Sevgi bu
kuchukchang kuni bilan
uni yolg'iz
qoldirishingga
qaramasdan, seni körishi bilanoq
yuzingdan yalab
qöyishi”,- Mary Ann, 4
yosh.
13. “Opam meni
sevishini bilaman. Chunki u öziga kiyim
sotib olish uchun yana
dökonga olib
borishlarini bilsa ham,
menga hamma eski
kiyimlarini beradi.” Lauren – 4 yosh
14. “Kimnidir sevib
qolsang, ösha lahzada,
közlaring kosasidan
chiqib ketadi va
atrofingda yulduzchalar aylana boshlaydi” Karen
– 7 yosh.
15. "Sevgi
bu – o‘zim
sovuq qotishimni
bilsam-da kurtkamni
singlimga kiydirib
qöyishim"
16. "Sevgi bu –
tishlaringdan bir
nechtasi tushib qolsa
ham tabassum
qilaverish. Chunki,
nimangdir yo‘q bo‘lsa ham do‘stlaring seni
sevaverishlarini
bilasan",- Emma, 6
yosh.
17. "Erkak va ayolning
ochlik, hastalik va yomon kunlardan birga
o‘tishi sevgi deyiladi."
Merlon, 8 yosh.
18. "Agar sevgi o‘qishni
o‘rganishga o‘xshagan
narsa bo‘lsa, unda men uni hech qachon
o‘rganmayman. Chunki
juda ko‘p vaqtimni
oladi." Glin, 7 yosh.
19. "Sevgi bu –
bog‘chani tugatganimdan keyin
o‘zimga topishim kerak
bo‘lgan narsa.", - Thom,
5 yosh.
Xösh? Sevgi bu - sizningcha nima? aziz qatnashchim?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2