va uch qiz dam
olish niyatida
dengiz böyiga otlanishdi.
Ularni
maroqli hordiq kutmoqda edi. Bu yoshlar bir-
biriga köngil
qöyishgan, közlarida
muhabbat
uchqunlardi. Ötgan
ketganlarga ham
jilmayib boqishardi. Ularning
nazarida, bu dunyoda hamma
odamlar özlari kabi baxtli
edilar. Lekin, unday emasdi.
Ular ötirgan avtobusda 30
yoshlardagi kishi ham bor
edi. Yoshlarning quvnoq
kulgusi,
hazil-huzuli uni
öng'aysiz ahvolga solardi. Yoshlar quvnagani
sayin uning qalbi og'rir, oxiri
közlarini chirt yumib oldi. Bu
shovqin unga yoqmayotgani
sezilib
turardi. Qizlardan biri uning bu holatiga jim qarab
turolmadi, notanish kishining
yoniga ötirdi. Uning
ismini sörab bildi. Erkak
bundan
4 yil oldin jinoyat qilib qamalgan, endi turmadan
uyiga ketayotgan
ekan. Bu qizni battar
hayratlantirdi. -Uyga
qaytayotgan bölsangiz, nega
xursand emassiz? Uylanganmisiz,-
söradi
qiz. Bu savolga
suhbatdoshi tushunarsiz
javob
berdi: - Bilmayman... -Qanaqasiga
bilmaysiz, - söradi
qiz ajablanib. -Turmaga
tushgan
paytimda xotinimga xat
yozib, uzoq vaqt bölmasligimni
aytdim.
Meni kutish oson
bölmasligini tushunardim.
Agar
kutishga sabring yetmasa, mayli, meni unut,
seni
tushunaman,
özingga yoqqan kishiga
turmushga chiq, buni
menga aytmasang ham mayli dedim. -Endi esa
xotiningiz sizni kutyaptimi
yoki
turmushga chiqqanmi, buni
bilmay uyga ketyapsizmi? -
Ha, - og'ir xörsindi u - qamoqdan
ozod bölishimni
aytishgach, bir hafta oldin
xotinimga yana
maktub yozdim. Maktubda
shunday deb yozdim: "...agar senga kerak bölsam,
shaharchaga
kiraverishdagi ustunga sariq
römolcha bog'lab qöy,
shundan
senga kerakligimni anglayman.
Agar kerak bölmasam hech
narsa
qilma. Men
avtobusdan tushmay ötib
ketaman..." Yigitning gaplari boyagina xandon
ketayotgan yoshlarni
öylantirib, jim qilib qöydi.
Uning
xotinini
qattiq sevishi ma'yus nigohlaridan sezilib turardi.
Shaharchaga hali uzoq edi.
Endi
ular har bir
kilometrni sabrsizlik bilan
hisoblashar, asablar tarang tortilgandi.
Avtobus
manzilga yaqinlashgani sayin
hammaning diqqati
oshardi. Erkak bu holatga
chidayolmay közlarini chirt yumib oldi. Ön kilometr
qoldi. Besh... Uch... Bir payt
yölovchilar birdan örinlaridan
turib
qichqirib yubordilar. Sobiq
maxbus yigit esa avtobus oynasidan
tashqariga boqib, tosh
kabi qotib qoldi: yöldagi
barcha
daraxtlar
shohiga sariq römolchalar bog'lab qöyilgandi.
Römolchalar shamolda
hilpirab,
uyga qaytayotgan odamni
qutlardi göyo. Avtobusda
esa kimlarningdir közlariga yosh
sizgan edi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев