Bu oy Qur’on nozil bo‘lgan oy ekan
Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh Taborak.
Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish
Takabburlar axloqini tuzatmish
Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin
Arazlashgan bir-birini kechirsin
Alloh olov kamzullarni yechirsin
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh Taborak.
Bo‘lsang uyda, xoh dalada adirda
Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda
Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh Taborak.
Ro‘zamizni Alloh uchun tutaylik
Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik
Mangu xuzur-xalovatga yetaylik
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Alloh Taborak!
Ilohim xammamizga o'zi sabir toqat, iroda bersin
Bu oydan gunohlardan foriq xolda chiqaylik amin!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев