zararlimi?
Britaniyalik 30 yoshli erkak
Coca-Colani muntazam iste’mol
qilish oqibatida hayotdan ko‘z
yumdi. Shifokorlarning fikricha,
G‘arbiy Yorkshir grafligining
Xauort qishlog‘ida yashovchi
Pol Inman o‘limiga Coca-Cola
ichimligini haddan ziyod ko‘p
ichganligi sabab bo‘lgan. Pol bu
gazli ichimlikni shu qadar
yaxshi ko‘rganki, har kuni uyi
oldidagi do‘kondan Coca-Cola
xarid qilishni kanda qilmagan.
U kuniga 3 litr
ichimlik iste’mol qilgan.
Marhumning oilasi uning bu
odatidan voz kechishi uchun
ko‘p harakat qilishdi. Ammo
Pol Inman sevimli ichimligiga
bo‘lgan ishtiyoqini to‘xtata
olmadi. Oxir-oqibat uning yosh
organizmida turli xil kasalliklar
yuzaga kela boshladi. Avvaliga
shifokorlar marhumga yurak
xuruji tashxisini qo‘ydilar.
Tekshiruvlardan so‘ng, aslida
o‘limga mutlaqo boshqa
kasallik ta’sir qilganini
aniqlashdi. Uning jigar va
oshqozon osti bezida katta
o‘zgarishlar bo‘lgan. Lekin
Inman o‘z vaqtida shifokorga
murojaat qilmagan.
Hozir kunlar ancha isigani
sayin, salqin ichimliklarni
ichishga bo‘lgan ehtiyoj
ortaveradi. Shuni yodda tuting:
biz uchun sevimli bo‘lgan
ichimliklarni me’yoridan ortiq
iste’mol qilish sog‘lig‘imiz
uchun zararli bo‘lishi mumkin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4
har t6monlama zarar