Sistit - bu siydik pufagi va siydik yo'llarining yallig'lanishidir. Afsuski, sistit tez-tez uchrab turadigan kasallik bo'lib, ayolga ko'plab muammolar yaratib berishi mumkin. Aslida jiddiy bo'lmagan bu kasallik tezda surunkali shaklga o'tib qolish xavfi borligi tufayli uni vaqtida davolashga jiddiy yondashish talab etiladi.
Alomatlari:
Siyish jarayonida achish;
Tez-tez siyish qistashi;
Siyishning qistashi kuchli bo'la turib, bir-ikki tomchidan ko'proq siya olmaslik;
Siydikka qon aralashishi.
Sababi:
Siydik pufagini yetarlicha bo'shatmay, siydikni uzoq vaqt mobaynida ushlab yurish;
Tozalikka rioya qilmasdan yurish. Ichki kiyim, tualetning kirligi va noto'g'ri gigiena;
Shikast: jinsiy a'zolardagi arzimagan shikastlanish, timdalanish natijasida bakteriyalar ko'payib sistitga olib kelishi mumkin;
Jinsiy aloqaning haddan tashqari ko'pligi;
Homiladorlik : homiladorlik davrida ayolning asab tizimi va immuniteti pasaygan bo'lishi mumkin, bu esa sistitga olib kelishi mumkin;
Klimaksdan so'nggi davr boshlanishi, bu davrda ayol organizmida keskin gormonal o'zgarishlar sodir bo'ladi;
Asablarning buzulishi, stress, charchov.
Davolanishi:
Sistit davolanishning asosiy tamoyili tez-tez ko'p miqdorda siyish orqali siydik pufagini tozalash. Buning uchun siydik chiqaruvchi vositalardan damlab ichish tavsiya etiladi:
Namatak damlamasi;
Maxsus buyrak choylari;
Tarvuz;
Ko'k choy;
Brusnika barglari damlamasi (nafaqat siydik chiqaradi balki antibakterial xususiyatga ham ega);
Klyukva sharbati (sistitni davolashda uni oldini olishda eng yaxshi vosita).
Odatda sistit belgilari ko'ringanidan boshlab yuqoridagi damlamalardan kuniga kamida 3 litr ichilib, oyoq issiq yung paypoq yoki adyolga o'ralib, qorin past qismiga dumba yog' surilib dam olinsa, kasallik 3-4 kunda yo'q bo'ladi.
Agar kasallik cho'zilayotgan bo'lsa, u holda shifokor bilan maslahatlashgan holda antibakterial dori vositalarni ichish talab etiladi.
Afsuski sistitning surunkali xili mavjud bo ' lib , u yilda bir necha bor qaytarilib turishi bilan oddiy sistitdan farqlanadi . Surunkali sistitni faqat shifokor maslahati bilan davolash lozim .
Sistitni oldini olish
1. Jinsiy aloqadan so'ng albatta, kuchanib bo'lsa ham siyish;
2. Jinsiy aloqadan so'ng yuvinish;
3. Vitamin C ga boy mahsulotlarni ko'p iste'mol qilish;
4. Agar sistit tez-tez qaytarilib turadigan bo'lsa, klyukva sharbatini har kuni ichib yurish;
5. Gigienaga rioya qilish;
6. Najasni jinsiy a'zolarga tegib ketmasligini ta'minlash;
7. Siyish qistaganda albatta siyish;
8. Kuniga kamida 8 soat uxlash;
Homiladorlik davrida sistitga ehtiyot bo'lish kerak, chunki buyrakka o'tib ketish ehtimoli katta.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 140
Lekin manimcha yengil, qulay, oğriqsiz svecha iwlatgan yaxwiroqku. Sistit xomilador bôliwga xam xalaqit berarkan.
Man aprelda svechadan tuzalganimdan buyon qaytib bezovta qilmadi. Keyin klotrimazol svecha bowqa wamollawlarniyam yuvadi....
Sizikichi?
Qiynaliw yôq, faqat injiq, yigloqi bôp qoganman. Oğriqlar yoğu, toksikozim ozgina qiynayapti. Mandayam sizikidaka xolat
Xa õtga xafta Juma kuni UZI ga tuwgandim mani qõrqitib 8-9xaftali dedi Keyin vrachga aytsam ikki xafta katta kôrsatadi dedi. Õzimni xisobim bõyicha xozir 7xaftalidan ôtdik
Ôzi ba'zi xomiladorlar 10oyga tõldirib tuğiwadi, bola xarakatlanvotgan bõlsa buni xavfli tomoni yoq